Özsanoatqurilişbank xalqaro professional hamjamiyat bilan hamkorlik va tajriba almaşiş doirasini izçil kengaytirmoqda. Singapurda bölib ötgan «AI in Financial Services Conference APAC» – Osiyo–Tinç okeani mintaqasida moliyaviy xizmatlar sohasida sun’iy intellektdan foydalanişga bağişlangan xalqaro anjumanda SQB tajribasi taqdim etildi.
Tadbir banklar, suğurta va investitsiya kompaniyalari vakillarini moliya sohasida sun’iy intellektning istiqbollari va amaliy qöllanilişini muhokama qiliş uçun bir maydonga jamladi.
Anjuman doirasida Bank Boşqaruvi raisi maslahatçisi – sun’iy intellekt böyiça boş direktor Sergey Kozlov ikkita ekspertlik sessiyasida iştirok etdi. Bu SQBning texnologik rivojlanişga doir yondaşuvlarini xalqaro moliya sohasi vakillariga taniştiriş, şuningdek, turli taşkilotlarning amaliy tajribasi yuzasidan fikr almaşiş imkonini berdi.
Xalqaro moliya institutlari bilan bir maydonda
Anjuman spikerlari orasida «Bank of Singapore», «HSBC», «Deutsche Bank», «Standard Chartered», «Citi», «Zurich» va «Maybank Singapore» kabi yirik xalqaro moliya va suğurta taşkilotlari vakillari ham bor edi.
Iştirokçilar sun’iy intellekt texnologiyalarini keng kölamda joriy etiş, ularning iqtisodiy samaradorligi, xatarlarni boşqariş, xodimlar salohiyatini rivojlantiriş hamda bank biznes jarayonlarini takomillaştiriş masalalarini muhokama qildilar.

Anjumandagi asosiy mavzulardan biri sun’iy intellekt böyiça tajriba-sinov loyihalaridan texnologiyalarni butun taşkilot miqyosida amaliyotga tatbiq etiş bosqiçiga ötiş böldi.
Bu yönaliş SQBda olib borilayotgan işlar bilan bevosita boğliq. Bankda sun’iy intellekt yeçimlarini yaratiş, ularni turli tarkibiy bölinmalar faoliyatiga tatbiq etiş va buning uçun umumiy texnologik asosni rivojlantirişga e’tibor qaratilmoqda. Anjuman ana şu tajribani boşqa moliya taşkilotlari vakillari bilan muhokama qiliş imkonini berdi.
Texnologik taraqqiyot va inson salohiyati
Birinçi panel muhokamasida Sergey Kozlov sun’iy intellektning moliya sohasidagi amaliy qöllanilişi, mavjud texnologik imkoniyatlar va ularni yanada rivojlantiriş istiqbollari haqida fikr bildirdi. Uşbu muhokamada «Maybank Singapore», «MS&AD Ventures», «GlobalData», «Pentara Capital» va boşqa taşkilotlar ekspertlari ham iştirok etdilar.
Ikkinçi sessiya avtomatlaştiriş kelajagi va unda insonning örni, yangi könikmalarni şakllantiriş, kasbiy vazifalarning özgarişi hamda qarorlar qabul qilişda inson mas’uliyatini saqlab qoliş masalalariga bağişlandi. Bu mavzu Özbekistonda texnologik kadrlar tayyorlaş nuqtayi nazaridan ham alohida ahamiyatga ega.
SQBning iqtidorli kadrlarni qöllab-quvvatlaş, Özbekistondagi talabalar va mutaxassislardan iborat jamoani şakllantirişga qaratilgan yondaşuvi ham muhokama qilindi. Mazkur tajriba iştirokçilarda qiziqiş uyğotib, özaro fikr almaşişga sabab böldi.
Şu tariqa, ikki ekspertlik sessiyasida kötarilgan masalalar – sun’iy intellektni amaliyotga joriy etiş va bu jarayonda inson salohiyatidan samarali foydalaniş – SQBning texnologik rivojlanişga oid yondaşuvi bilan muştarak ekani namoyon böldi.
NOVA platformasi va jamoa – rivojlanişning asosiy tayançi
Singapurda taqdim etilgan SQB tajribasining muhim yönalişlaridan biri NOVA platformasini rivojlantiriş bilan boğliq. Bank uşbu platforma orqali sun’iy intellekt yeçimlarini alohida loyihalar doirasida emas, balki turli tarkibiy bölinmalar ehtiyojlariga mos holda izçil joriy etiş uçun texnologik asos şakllantirmoqda.
NOVA platformasi yangi mahsulot va yeçimlarni yaratişda qayta foydalaniş mumkin bölgan texnologik komponentlar hamda vositalarni birlaştiradi. Bu har bir yangi vazifa uçun işni boşidan boşlaş zaruratini kamaytiriş, şuningdek, işlab çiqilayotgan yeçimlarning sifati va xavfsizligiga nisbatan yagona talablarni şakllantiriş imkonini beradi.
Bunda texnologik infratuzilma bilan bir qatorda, xodimlar salohiyatini rivojlantiriş va bank bölinmalarining jarayondagi iştiroki ham muhim ahamiyat kasb etadi.
– Sun’iy intellektni joriy etişda biz uçun asosiy mezon – texnologiyaning bank faoliyatida qanday natija berişi, – deydi Sergey Kozlov. – NOVA platformasi orqali turli biznes vazifalari uçun umumiy texnologik asos yaratyapmiz. Biroq natijaga erişiş faqat texnologiyaga emas, balki uni töğri qöllay oladigan mutaxassislarga ham boğliq. Singapurdagi muloqotlar esa xalqaro tajribani örganiş, öz yondaşuvlarimizni taqqoslaş va keyingi rivojlaniş yönalişlarini belgilaş imkonini berdi.
Anjumanning muhim jihatlaridan biri iştirokçilar örtasidagi oçiq fikr almaşinuvi böldi. Muhokamalarda texnologiyalarni amaliyotga joriy etişda uçrayotgan qiyinçiliklar va ularni hal etişga doir yondaşuvlarga alohida e’tibor qaratildi.
Xalqaro tajriba – keyingi rivojlaniş uçun asos
SQBning xalqaro maydondagi iştiroki zamirida bank jamoasining tizimli mehnati turibdi. NOVA platformasini rivojlantiriş, ma’lumotlarni tayyorlaş, texnologik mahsulotlarni integratsiya qiliş va sun’iy intellektni biznes jarayonlariga joriy etiş uşbu faoliyatning muhim yönalişlaridir.
Mazkur tajribaning Singapurda taqdim etilişi SQB jamoasining işlanmalari va kasbiy salohiyatini xalqaro mutaxassislar doirasiga taniştiriş imkonini berdi. Şu bilan birga, anjumandagi muloqotlar bankning kelgusi texnologik rivojlaniş yönalişlarini belgilaşda qöşimça tajriba manbai böldi.
SQB öz texnologik salohiyatini mustahkamlaş, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş va sun’iy intellekt yeçimlarini bank faoliyatiga izçil tatbiq etişga intilmoqda. Bunda asosiy e’tibor iş jarayonlari samaradorligini oşiriş, ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qiliş, mijozlarga xizmat körsatiş sifatini yaxşilaş hamda aniq ölçanadigan natijalarga erişişga qaratilgan.
“Özsanoatqurilişbank” ATBda Ichki işlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamda “KPMG Uzbeki ...
“SQB School”da ayollar tadbirkorligini qõllab-quvvatlaş dasturi (WESP) doirasida 30 nafar hududiy trener iştiroki ...
Kuz-qiş mavsumida elektr va isitiş moslamalaridan foydalanış ortişi yonğin xavfini kuçaytiradi. Elektr jihozlarin ...
