“Ahbor-Reyting”: “SQB Insurance” faoliyati “barqaror”
28.05.2022 10:22
“Ahbor-Reyting” agentligi “SQB Insurance” sugʻurta kompaniyasi faoliyatini “uzA++” reyting darajasida istiqboli “Barqaror” deya baholadi.
“SQB Insurance” sugʻurta kompaniyasi milliy sugʻurta bozoridagi eng faol va barqaror oʻsib borayotgan sugʻurta kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda kompaniya yuridik va jismoniy shaxslarga keng turdagi sugʻurta xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda.
Ayni paytda kompaniyaning 14 ta filiali mavjud boʻlib, ular orqali mijozlarga 50 dan ortiq sugʻurta xizmatlarini taklif etmoqda.
Kompaniya tomonidan kelgusi yilda yangi turdagi sugʻurta mahsulotlari joriy etilib, xizmatlar sonini 60 taga yetkazish rejalashtirilgan.
Bank Axborot xizmati
1032
Другие новости