Все Кредиты
Xo‘jalik yurituvchi sub'yektlari tomonidan o‘zining bo‘sh pul mablag‘laridan samarali foydalanish, qo‘shimcha daromadlar olish uchun “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan umumiy qiymati 200 000 000 000,0 (ikki yuz milliard) so‘mni tashkil etadigan har oy uchun oraliq foiz to‘lovlari keyingi oyning birinchi o‘n kunligida to‘lab boriladigan depozit sertifikatlari muomalaga chiqarildi.
Depozit sertifikatlar oldi-sotdi, hadya qilish, meros qilib olish, ustav fondiga kiritish va egasi almashuviga olib keladigan boshqa bitimlarda, shuningdek garovda bitim ob'yekti bo‘lishi mumkin.
Depozit sertifikat uchun foiz to‘lovlari quyidagicha:
Muddatlari | Yillik ustama foiz miqdori (%da) |
181-dan 365 kungacha | Qayta moliyalashtirish stavkasi plyus 1,0% |
366-dan 730 kungacha | Qayta moliyalashtirish stavkasi plyus 1,5% |
731-dan 1095 kungacha | Qayta moliyalashtirish stavkasi plyus 2,0% |
Bank depozit sertifikati bo‘yicha foiz to‘lovlarini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi (amaldagi qayta moliyalash stavka 16%) o‘zgargan taqdirda, ushbu o‘zgartirish kiritilgan kundan e’tiboran belgilangan tartibda hisoblaydi va to‘lab beradi.
Depozit sertifikatlarini sotib olish uchun Bankning istalgan filialiga yoki Bosh ofisiga murojaat qilishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun telefon raqamlari: 78 120 45 07
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...