“O‘zsanoatqurilishbank” ATB yuridik shaxslar uchun depozit sertifikatlarini taklif qiladi


20.08.2019 09:00

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB yuridik shaxslar uchun depozit sertifikatlarini taklif qiladi

Xo‘jalik yurituvchi sub'yektlari tomonidan o‘zining bo‘sh pul mablag‘laridan samarali foydalanish, qo‘shimcha daromadlar olish uchun “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan umumiy qiymati 200 000 000 000,0 (ikki yuz milliard) so‘mni tashkil etadigan har oy uchun oraliq foiz to‘lovlari keyingi oyning birinchi o‘n kunligida to‘lab boriladigan depozit sertifikatlari muomalaga chiqarildi.

Depozit sertifikatlar oldi-sotdi, hadya qilish, meros qilib olish, ustav fondiga kiritish va egasi almashuviga olib keladigan boshqa bitimlarda, shuningdek garovda bitim ob'yekti bo‘lishi mumkin.

Depozit sertifikat uchun foiz to‘lovlari quyidagicha: 

Muddatlari

Yillik ustama foiz miqdori (%da)

181-dan 365 kungacha

Qayta moliyalashtirish stavkasi plyus 1,0%

366-dan 730 kungacha

Qayta moliyalashtirish stavkasi plyus 1,5%

731-dan 1095 kungacha

Qayta moliyalashtirish stavkasi plyus 2,0%

Bank depozit sertifikati bo‘yicha foiz to‘lovlarini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi (amaldagi qayta moliyalash stavka 16%) o‘zgargan taqdirda, ushbu o‘zgartirish kiritilgan kundan e’tiboran belgilangan tartibda hisoblaydi va to‘lab beradi.

Depozit sertifikatlarini sotib olish uchun Bankning istalgan filialiga yoki Bosh ofisiga murojaat qilishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun telefon raqamlari: 78 120 45 07





Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.10.2019 13:35  
up