SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi


23.10.2026 12:59

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek tiliniqanchalik mukammal tushunishi va to‘g‘ri tarjima qilishi judamuhim. O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Sun’iy intellektdepartamenti ushbu yo‘nalishda muhim qadam tashladi hamdao‘zbek tili uchun yirik muqobil matnlar to‘plami — Uzbek Large-Scale Parallel Corpus (UzLPC) loyihasini yakunladi.

UzLPC sun’iy intellekt modellarini o‘zbek tilida mukammalmuloqot qilish va tarjima qilishni o‘rgatishga mo‘ljallanganulkan raqamli bilimlar bazasidir. Bugungi kunga qadarmatnlarni avtomatik tarzda o‘zbek tiliga o‘girishda turli uslubiyva mantiqiy xatolar ko‘p kuzatilar edi. SQB tomonidanyaratilgan ushbu resurs aynan shu muammoni bartaraf etishgaxizmat qiladi.

Loyiha ko‘lami raqamlarda:

• 2,3 milliondan ortiq moslashtirilgan gaplar juftligi (ingliz varus tillaridan o‘zbek tiliga);

• 17,9 milliondan ziyod so‘z qo‘llanilishi;

• 819 mingdan ortiq unikal so‘z boyligi.

Ma’lumotlar bazasidagi matnlar Tatoeba platformasi hamdao‘zbekcha Vikipediya kabi ishonchli manbalardan jamlangan. Shuningdek, ma’lumotlarning 10 foizdan ortig‘i yuqorianiqlikdagi tarjima sifatida qayta ishlangan.

Ushbu tashabbus SQB’ning raqamli texnologiyalar va sun’iyintellekt sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirish strategiyasidoirasida bajarildi. Texnik jarayonlar Huawei Technologies kompaniyasi bilan hamkorlikda, yuqori quvvatli Atlas 800I A2 serveri hamda Qwen3.5-122B-A10B ilg‘or sun’iy intellektmodeli yordamida amalga oshirildi.

SQB Sun’iy intellekt departamentining ma’lum qilishicha, bunday boy ma’lumotlar bazasining yaratilishi mamlakatimizdaraqamli texnologiyalar va SI yechimlarni rivojlantirishda yangibosqichni boshlab beradi hamda dasturchi vatadqiqotchilarimiz uchun muhim tayanch bo‘lib xizmat qiladi.

SQB o‘zining ijtimoiy mas’uliyati va texnologik hamjamiyatniqo‘llab-quvvatlash tamoyilidan kelib chiqib, ushbu loyihanatijalarini barcha uchun bepul va ochiq (CC BY-SA 4.0 litsenziyasi bo‘yicha) taqdim etdi. Endilikda har bir mahalliydasturchi, tadqiqotchi va IT-mutaxassisi o‘z loyihalarida ushbubazadan erkin foydalanishi mumkin.





Boshqa yangiliklar

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...

10/20/2026 10:15:45 am
“Oydin gurunglar – 2026”: SQBning ma’rifiy tashabbuslari e’tirof etildi

Joriy yil 19-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbek tili bayrami ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 23.10.2026 18:06  
up