Joriy yil 19-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tashkil etilgan “Oydin gurunglar – 2026” xalqaro ijodiy forumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Forum doirasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholining bilim va dunyoqarashini boyitishga hissa qo‘shgan tijorat banklari va tashkilotlar e’tirof etildi.
Tadbirda O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Toshkent shahridagi 17 ta mahallada kutubxonalar tashkil etish orqali kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi.
Mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, aholining kitobga qiziqishini oshirish va yoshlarning bilim olishi uchun qulay sharoitlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
SQB ham ushbu yo‘nalishdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Xususan, bank tomonidan Toshkent shahridagi 17 ta mahallada tashkil etilgan kutubxonalar milliy va jahon adabiyoti namunalari, badiiy, ilmiy hamda tarixiy asarlar bilan boyitilgan.
Mazkur kutubxonalar kitob mutolaasi bilan bir qatorda, aholining, ayniqsa, yoshlarning moliyaviy bilimlarini oshirishga ham xizmat qilmoqda.
Jumladan, Markaziy bank tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Moliyaviy savodxon mahalla” loyihasi doirasida kutubxonalarda har oy moliyaviy savodxonlik mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
Mashg‘ulotlarda ishtirokchilarga shaxsiy daromad va xarajatlarni boshqarish, oilaviy budjetni yuritish, mablag‘larni tejash hamda investitsiya qilish asoslari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berilmoqda.
SQBning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati kitobxonlikni ommalashtirish, mahallalarda ma’rifiy muhitni mustahkamlash va aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan.
...
Joriy yilning 5 oktyabridan eʼtiboran Odilbek Isakovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (S ...
Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

