Все Кредиты
2020 yil 18 avgust, seshanba kuni “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Oʻzbekistonning bank-moliya institutlari orasida birinchilardan boʻlib investorlar bilan onlayn tarzida uchrashuv (Investor Call) tashkil etdi.
Uchrashuv davomida bank rahbariyati tomonidan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning 2019 moliya yilida va 2020 yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyati yakunlari koʻrildi.
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisi Saxi Annaklichev oʻz chiqishida ishtirokchilarni Bankning korporativ boshqaruvida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar, Bank faoliyatiga koronavirus epidemiyasi taʼsiri hamda bankning yaqin kelajakdagi rejalari haqida gapirib berdi.
Taʼkidlash joizki, ushbu tadbirni oʻtkazish haqidagi xabar bankning hamkorlari va investorlari tomonidan iliq qarshi olindi. Uchrashuvda institutsional investorlar, xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy banklar vakillari hamda qator moliyaviy tahlilchilar ishtirok etdi.
Investorlar uchun taqdimot uchrashuv tugaganidan soʻng Bankning veb-saytida (www.uzpsb.uz) joylashtirildi.“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...