“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB investorlar bilan onlayn tarzida uchrashuv oʻtkazdi


19.08.2020 17:29

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB investorlar bilan onlayn tarzida uchrashuv oʻtkazdi

2020 yil 18 avgust, seshanba kuni “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Oʻzbekistonning bank-moliya institutlari orasida birinchilardan boʻlib investorlar bilan onlayn tarzida uchrashuv (Investor Call) tashkil etdi.

Uchrashuv davomida bank rahbariyati tomonidan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning 2019 moliya yilida va 2020 yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyati yakunlari koʻrildi.

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisi Saxi Annaklichev oʻz chiqishida ishtirokchilarni Bankning korporativ boshqaruvida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar, Bank faoliyatiga koronavirus epidemiyasi taʼsiri hamda bankning yaqin kelajakdagi rejalari haqida gapirib berdi. 

Taʼkidlash joizki, ushbu tadbirni oʻtkazish haqidagi xabar bankning hamkorlari va investorlari tomonidan iliq qarshi olindi. Uchrashuvda institutsional investorlar, xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy banklar vakillari hamda qator moliyaviy tahlilchilar ishtirok etdi.

Investorlar uchun taqdimot uchrashuv tugaganidan soʻng Bankning veb-saytida (www.uzpsb.uz) joylashtirildi.



Boshqa yangiliklar

10/09/2026 11:46:31 am
Korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi holatlari haqida xabar bering!

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...

10/07/2026 06:23:56 pm
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning Andijondagi xizmatlar ofisida mijozlarga xizmat ko‘rsatish j ...

09/30/2026 05:53:07 pm
Sun’iy intellekt va bank texnologiyalari imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi

“SQB School”da sun’iy intellekt, ma’lum ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 19.08.2020 17:31  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит