O‘zsanoatqurilishbank Customer Experience Index reytingida yetakchi deb topildi
29.02.2024 15:10
Senteo xalqaro konsalting kompaniyasi va O‘zbekiston marketing uyushmasi tomonidan O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari bank sektoridagi mijozlar taassurotlarini uch yillik o‘rganish natijalari tahlili (
https://www.gazeta.uz/ru/2024/02/29/senteo/) e’lon qilindi.
Mijozlar taassurot indeksi — CEI (Customer Experience Index)ni hisoblashga qaratilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zsanoatqurilishbank yetakchi o‘rinni qayd etdi.
Banklar va mijozlarning filiallardagi o‘zaro aloqalari sifati indeksi quyidagi beshta mezon bo‘yicha shakllantirilgan:
✅ brend;
✅ aloqa;
✅ atrof-muhit;
✅ taklif;
✅ madaniyat.
"Beshta mezondan to‘rttasi bo‘yicha O‘zsanoatqurilishbank yetakchi bo‘ldi", deb o‘rtoqlashdi kompaniyaning Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqalari bo‘yicha direktori Kseniya Konstantinova.
371
Другие новости