O‘zsanoatqurilishbank Customer Experience Index reytingida yetakchi deb topildi


29.02.2024 15:10

Senteo xalqaro konsalting kompaniyasi va O‘zbekiston marketing uyushmasi tomonidan O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari bank sektoridagi mijozlar taassurotlarini uch yillik o‘rganish natijalari tahlili (https://www.gazeta.uz/ru/2024/02/29/senteo/) e’lon qilindi.

Mijozlar taassurot indeksi — CEI (Customer Experience Index)ni hisoblashga qaratilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zsanoatqurilishbank yetakchi o‘rinni qayd etdi.

Banklar va mijozlarning filiallardagi o‘zaro aloqalari sifati indeksi quyidagi beshta mezon bo‘yicha shakllantirilgan:

✅ brend;
✅ aloqa;
✅ atrof-muhit;
✅ taklif;
✅ madaniyat.

"Beshta mezondan to‘rttasi bo‘yicha O‘zsanoatqurilishbank yetakchi bo‘ldi", deb o‘rtoqlashdi kompaniyaning Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqalari bo‘yicha direktori Kseniya Konstantinova.




Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 29.02.2024 15:14  
up