Все Кредиты
Joriy yilning 9-aprel kuni Oʻzsanoatqurilishbank “Refinitiv” (Thomson Reuters) ning “Eikon” platformasida “Koronavirusning jahon moliya bozorlariga taʼsiri” mavzusidagi tahliliy materialini joylashtirdi.
Yuqorida qayd etilgan tahlilning ahamiyati hozirgi kunda dolzarb hisoblanib, unda moliya bozorlaridagi tartibsizliklar, koronavirusning global iqtisodiy oqibatlari, inqirozga qarshi choralar, pandemiyaning Oʻzbekistonga taʼsiri hamda Oʻzsanoatqurilishbank yevroobligatsiyalari tahlili kabi mavzular yoritib berilgan.
– Bu kabi tahliliy izlanishlarning bankimmz tomonidan doimiy ravishda joylashtirilishi jahon moliya bozori ishtirokchilarining respublikamiz moliya bozori haqidagi maʼlumotlarga boʻlgan talabini qondirishga hamda bankning jahon moliya bozorlari professional ishtirokchilari orasida tanilishiga imkoniyat yaratadi. Bu esa kelajakda Oʻzbekistonda yangi moliyaviy xizmat turlarini joriy etish va shu bilan bir qatorda xorijiy kapitalni yanada koʻproq jalb qilishga yordam beradi, – deydi Oʻzsanoatqurilishbank Biznes-tahlil markazi bosh mutaxassisi Sh.Usmonov.
Shuni taʼkidlab oʻtish joizki, “Refinitiv” jamoasi tomonidan tahliliy materiallarini doimiy ravishda joylashtirib borish maqsadida Eikon platformasida Oʻzsanoatqurilishbank nomiga maxsus sahifa ochildi.
Maʼlumot uchun: “Refinitiv” – bu jahon moliyaviy bozorlari uchun infratuzilma va maʼlumotlar yetkazib beruvchisi global platforma hisoblanadi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...