Oʻzsanoatqurilishbank Oʻzbekiston banklari orasida birinchi boʻlib “Refinitiv” (Thomson Reuters) platformasida tahliliy materiallar joylashtirishni boshladi


11.04.2020 12:09

Oʻzsanoatqurilishbank Oʻzbekiston banklari orasida birinchi boʻlib “Refinitiv” (Thomson Reuters) platformasida tahliliy materiallar joylashtirishni boshladi

Joriy yilning 9-aprel kuni Oʻzsanoatqurilishbank “Refinitiv” (Thomson Reuters) ning “Eikon” platformasida “Koronavirusning jahon moliya bozorlariga taʼsiri” mavzusidagi tahliliy materialini joylashtirdi.

Yuqorida qayd etilgan tahlilning ahamiyati hozirgi kunda dolzarb hisoblanib, unda moliya bozorlaridagi tartibsizliklar, koronavirusning global iqtisodiy oqibatlari, inqirozga qarshi choralar,     pandemiyaning Oʻzbekistonga taʼsiri hamda Oʻzsanoatqurilishbank yevroobligatsiyalari tahlili kabi mavzular yoritib berilgan.

– Bu kabi tahliliy izlanishlarning bankimmz tomonidan doimiy ravishda joylashtirilishi jahon moliya bozori ishtirokchilarining respublikamiz moliya bozori haqidagi maʼlumotlarga boʻlgan talabini qondirishga hamda bankning jahon moliya bozorlari professional ishtirokchilari orasida tanilishiga imkoniyat yaratadi. Bu esa kelajakda Oʻzbekistonda yangi moliyaviy xizmat turlarini joriy etish va shu bilan bir qatorda xorijiy kapitalni yanada koʻproq jalb qilishga yordam beradi, – deydi Oʻzsanoatqurilishbank Biznes-tahlil markazi bosh mutaxassisi Sh.Usmonov.

Shuni taʼkidlab oʻtish joizki, “Refinitiv” jamoasi tomonidan tahliliy materiallarini doimiy ravishda joylashtirib borish maqsadida Eikon platformasida Oʻzsanoatqurilishbank nomiga maxsus sahifa ochildi.

Maʼlumot uchun: “Refinitiv” – bu jahon moliyaviy bozorlari uchun infratuzilma va maʼlumotlar yetkazib beruvchisi global platforma hisoblanadi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/13/2026 09:06:18 pm
“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilis ...

10/13/2026 05:18:41 pm
Xorazm sayyohlik xaritasi yana bir manzil bilan boyidi

Tarixiy obidalari, betakror me’morchiligi va boy madaniy merosi bilan sayyohlarni o‘ziga jalb etib kelayotgan Xiv ...

10/13/2026 11:09:09 am
SQBda xodimlarning kommunikatsiya ko‘nikmalari rivojlantirilmoqda

“O‘zsanoatqurilishbank”da xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish, jamoatchilik bilan samarali muloqotni ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 27.05.2020 20:34  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит