Все Кредиты
9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Oʻzsanoatqurilishbank Bosh ofisida “Ochiq eshiklar kuni” boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi T.Narbayeva tomonidan tasdiqlangan 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bagʻishlangan Antikorrupsion haftalik doirasida Oʻzsanoatqurilishbank Bosh ofisida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda asosiy eʼtibor “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, Bank faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar holatini oʻrganishga qaratildi.
Qayd etilganidek, soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil yanvar oyida Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida korrupsiyaga qarshi jamiyatning barcha aʼzolari “halollik vaksinasi” bilan emlanmas va korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga oʻtilmas ekan, oʻz oldimizga qoʻygan yuksak marralarga erisha olmasligimizni taʼkidlagan edi.
Oʻzsanoatqurilishbank tizimiga ham halollik standartlarini joriy etish, bunda korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning taʼsirchan tizimini yaratish, xodimlar zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank singari davlat va Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar, shu sohada nufuzli xorijiy nufuzli tashkilotlarda faoliyat koʻrsatayotgan xorijdagi vatandoshlarimiz bilan hamkorlikda Bankda yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish boʻyicha 2020-2021 yillarga moʻljallangan “yoʻl xaritasi” ishlab chiqildi.
“Yoʻl xaritasi” Bank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini joriy qilish, zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish koʻlamini yanada kengaytirish, davlat xaridlari va byudjet mablagʻlarini sarflashda, mijozlarga xizmat koʻrsatishda va xodimlarni ishga olish jarayonlarida shaffof va samarali tizim joriy qilish, jamoatchilik nazoratining taʼsirchan shakllaridan foydalanish samaradorligini oshirish singari vazifalarni oʻzida qamrab olgan.
Taʼkidlanganidek, joriy yilning 13 noyabridan Oʻzsanoatqurilishbank tizimida yoʻlga qoʻyilgan korrupsion holatlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni toʻplashning yangi mexanizmi amalga tatbiq etildi. Mazkur mexanizm Bank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar haqida ishonchli maʼlumotlarni doimiy ravishda yigʻish, tahlil qilish va ularning kelib chiqish sabablarini tizimli va chuqur tahlil qilish imkonini beradi.
Ushbu jarayonga keng jamoatchilik, ayniqsa, Bank xodimlari, mijozlari va hamkorlarini jalb qilish muhim ahamiyatga ega. Shunga koʻra, endilikda fuqarolar tizimda korrupsiyaga oid xavf-xatarga duch kelganda alohida ajratilgan ishonch telefoni (0-800-120-8888), Telegram boti (@sqbantikor_bot) va elektron pochta (https://sqb.uz/uz/compliance-hotline/) orqali Bankning maxsus aksilkorrupsiya boʻlinmasiga anonim va shaxsini ochiqlagan holda xabar berishi mumkin.
Xabarlar avtomatik ravishda qabul qilinadi va tayyorgarlikdan oʻtgan mutaxassislar guruhi tomonidan tahlil qilinadi. Tahlil natijalari esa Bank Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasiga chora koʻrish uchun taqdim qilinadi.
Keng jamoatchilik vakillari, jurnalistlar, blogerlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va talabalar ishtirokida oʻtkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” doirasida Oʻzsanoatqurilishbank va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi oʻrtasida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida”gi Memorandum imzolandi.
Tadbirda jurnalistlar, blogerlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari Oʻzsanoatqurilishbankda korrupsiyaga qarshi kurash yoʻnalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan savollariga javoblar olishdi.
Bank Axborot xizmati
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...
Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...