Все Кредиты
Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Yoshlar ishlari agentligi hamda “Zakovat” intellektual klubi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “SQB Zakovat” intellektual oʻyinining birinchi mavsum 2-tur oʻyini Samarqand shahrida boʻlib oʻtdi.
Maʼlumki, joriy yilning fevral oyida davlatimiz rahbarining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, “SQB Zakovat” intelektual oʻyiniga qayta start berildi.
Maqsad – Oʻzsanoatqurilishbank tizimida xodimlar tafakkuri va salohiyatini oshirish, zamonaviy bilimga ega kadrlarni qoʻllab-quvvatlash hamda jamoa oʻrtasida kitobxonlik va birdamlikni yanada kuchaytirishdan iborat.
Intellektual oʻyin boʻyicha har bir tur respublikamizning turli viloyatlarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu tartibga koʻra, birinchi mavsum 2-tur oʻyini Samarqand shahrida oʻtkazildi.
Unda 16 ta jamoa aqliy kuch sinashdi. Natijada, bankning Andijon va Buxoro hududiy boshqarmalari jamoalari bir xil ball toʻplagan holda 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
2-oʻrin uchun Surxondaryo hududiy boshqarmasi jamoasi, 3-oʻringa esa, Bank bosh ofisi jamoasi gʻolib deb topildi. “SQB Zakovat”ning mavsum goʻliblari 6 tur oʻyindan keyin aniqlanadi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...