“SQB Zakovat”ning navbatdagi oʻyini Samarqandda oʻtkazildi


27.03.2023 12:45

“SQB Zakovat”ning navbatdagi oʻyini Samarqandda oʻtkazildi

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Yoshlar ishlari agentligi hamda “Zakovat” intellektual klubi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “SQB Zakovat” intellektual oʻyinining birinchi mavsum 2-tur oʻyini Samarqand shahrida boʻlib oʻtdi.

Maʼlumki, joriy yilning fevral oyida davlatimiz rahbarining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, “SQB Zakovat” intelektual oʻyiniga qayta start berildi.

Maqsad – Oʻzsanoatqurilishbank tizimida xodimlar tafakkuri va salohiyatini oshirish, zamonaviy bilimga ega kadrlarni qoʻllab-quvvatlash hamda jamoa oʻrtasida kitobxonlik va birdamlikni yanada kuchaytirishdan iborat.

Intellektual oʻyin boʻyicha har bir tur respublikamizning turli viloyatlarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu tartibga koʻra, birinchi mavsum 2-tur oʻyini Samarqand shahrida oʻtkazildi.

Unda 16 ta jamoa aqliy kuch sinashdi. Natijada, bankning Andijon va Buxoro hududiy boshqarmalari jamoalari bir xil ball toʻplagan holda 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

2-oʻrin uchun Surxondaryo hududiy boshqarmasi jamoasi, 3-oʻringa esa, Bank bosh ofisi jamoasi gʻolib deb topildi. “SQB Zakovat”ning mavsum goʻliblari 6 tur oʻyindan keyin aniqlanadi.

Bank Axborot xizmati

 





Boshqa yangiliklar

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...

10/20/2026 10:15:45 am
“Oydin gurunglar – 2026”: SQBning ma’rifiy tashabbuslari e’tirof etildi

Joriy yil 19-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbek tili bayrami ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 27.03.2023 13:56  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит