Все Кредиты
O‘zsanoatqurilishbank Yuridik xizmati jamoasi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi hamda kam ta’minlangan oilalarni sovg‘alar bilan yo‘qladi.
Joriy yilning aprel oyida poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan “Toshkent huquq bahori” – “Tashkent Law Spring” – Xalqaro yuridik forumida O‘zsanoatqurilishbank “Yilning eng yaxshi korporativ yuridik xizmati” respublika tanlovi g‘oliblari qatorida taqdirlangan edi.
O‘zsanoatqurilishbank Yuridik xizmati jamoasi tanlov tashkilotchilari tomonidan taqdim etilgan besh million so‘mlik pul mukofotini xayriya ishlariga sarflashni niyat qildi.
Shu maqsadda mukofotning bir qismiga xarid qilingan televizor Namangan viloyati Chust shahrida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va mehnat faxriysi Abduxalil ota Toirovga sovg‘a qilingan bo‘lsa, qolgan mablag‘ poytaxtimizdagi kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam sifatida ulashildi.
Abduxalil ota Toirov 1923-yil Chust tumanida tug‘ilgan. 1941-1945-yillar mobaynida fashizmga qarshi mardonavor kurashib, Berlingacha borgan. Urushdan so‘ng 1949-yilgacha harbiy xizmatni o‘tagan. Vatanimizga qaytgach esa, qahramonimiz uzoq yillar maorif sohasida ishlagan.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...