“Tashkent Law Spring” mukofoti xayriya ishlariga yo‘naltirildi


21.05.2019 12:04

“Tashkent Law Spring” mukofoti xayriya ishlariga yo‘naltirildi

O‘zsanoatqurilishbank Yuridik xizmati jamoasi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi hamda kam ta’minlangan oilalarni sovg‘alar bilan yo‘qladi.

Joriy yilning aprel oyida poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan “Toshkent huquq bahori” – “Tashkent Law Spring” – Xalqaro yuridik forumida O‘zsanoatqurilishbank “Yilning eng yaxshi korporativ yuridik xizmati” respublika tanlovi g‘oliblari qatorida taqdirlangan edi.

O‘zsanoatqurilishbank Yuridik xizmati jamoasi tanlov tashkilotchilari tomonidan taqdim etilgan besh million so‘mlik pul mukofotini xayriya ishlariga sarflashni niyat qildi.


Shu maqsadda mukofotning bir qismiga xarid qilingan televizor Namangan viloyati Chust shahrida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va mehnat faxriysi Abduxalil ota Toirovga sovg‘a qilingan bo‘lsa, qolgan mablag‘ poytaxtimizdagi kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam sifatida ulashildi.


Abduxalil ota Toirov 1923-yil Chust tumanida tug‘ilgan. 1941-1945-yillar mobaynida fashizmga qarshi mardonavor kurashib, Berlingacha borgan. Urushdan so‘ng 1949-yilgacha harbiy xizmatni o‘tagan. Vatanimizga qaytgach esa, qahramonimiz uzoq yillar maorif sohasida ishlagan.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/09/2026 11:46:31 am
Korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi holatlari haqida xabar bering!

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...

10/07/2026 06:23:56 pm
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning Andijondagi xizmatlar ofisida mijozlarga xizmat ko‘rsatish j ...

09/30/2026 05:53:07 pm
Sun’iy intellekt va bank texnologiyalari imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi

“SQB School”da sun’iy intellekt, ma’lum ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.10.2019 13:35  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит