Все Кредиты
Joriy yilning 5-iyun kuni O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisida “Wood&Company” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Sayyor tadbir kompaniya tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab o‘tkazilayotgan “investitsion tur” doirasida o‘zaro manfaatli institutsional hamkorlikni jadallashtirish maqsadida tashkil etildi.
Bu bilan O‘zsanoatqurilishbank “Wood&Company” tomonidan yetakchi xalqaro investitsion kompaniyalar va muassasalar ishtirokida navbatdagi uchrashuvni tashkil etgan mamlakatdagi birinchi moliya instituti bo‘ldi.
Tadbir davomida O‘zsanoatqurilishbank «HSBC AM», «Morgan Stanley» va «Consilium» investitsion bloki vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Unda bank tomonidan Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan transformatsiya ishlari, korporativ boshqaruvi tizimidagi samaradorlik hamda hisobot davridagi moliyaviy ko‘rsatkichlari xususida ma'lumot berildi.
Uchrashuvda kompaniya vakillari O‘zbekistonda bank-moliya sektorini tubdan isloh qilishga qaratilgan islohotlarga ijobiy baho berdi. Istiqbolda mamlakatda investitsion loyihalarni ilgari surishda O‘zsanoatqurilishbank asosiy hamkor bo‘lishi ta'kidlandi.
Ma'lumot uchun: “Wood&Company” – 1991-yilda tashkil etilgan Markaziy va Sharqiy Yevropadagi yetakchi investitsion kompaniyadir. Qarorgohi Praga shahrida joylashgan.
Tashkilot Markaziy va Sharqiy Yevropada aktsiyalar bitimi bo‘yicha yetakchi hisoblanib, mintaqada eng muhim investitsion bank amaliyotlarini bajaradi.
Bank Axborot xizmati
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...