Yashnobod filiali yana bir nufuzli tadbirga mezbonlik qildi
14.09.2018 15:07
Kuni kecha to‘rtta viloyat hokimining birinchi o‘rinbosarlari “O‘zsanoatqurilishbank”ning Yashnobod filialiga tashrif buyurdi.
Toshkent shahrida Toshkent, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari ishtirokida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirning dastlabki kunida mehmonlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, soliq tushumlarini oshirish, jumladan, byudjetga qo‘shimcha daromadlar tushirish yo‘llari mavzularida ma’ruzalar tingladilar.
Seminar doirasida “O‘zsanoatqurilishbank”ning Yashnobod filialiga ekskursiya tashkil etildi.
- Filial misolida bugungi haqiqiy zamonaviy bank qiyofasini ko‘rdik, - deydi seminar ishtirokchilaridan biri Bahrom Abduvaliyev. - Binoga kiraverishdayoq foyening o‘ziga xos jihozlanishi-yu u yerdagi mo‘’tadil havoda, resepshn xodimining muomala madaniyatida yaqqol ko‘zga tashlandi. Navbat olish uskunasining o‘rnatilgani, front-ofis va bek-ofislarning tashkil etilgani mijozlar uchun ham yangilik, ham yengillik bo‘libdi.
Seminar 15 sentyabrga qadar davom etadi.
577
Другие новости