Yashnobod filiali yana bir nufuzli tadbirga mezbonlik qildi


14.09.2018 15:07

Yashnobod filiali yana bir nufuzli tadbirga mezbonlik qildi

Kuni kecha to‘rtta viloyat hokimining birinchi o‘rinbosarlari “O‘zsanoatqurilishbank”ning Yashnobod filialiga tashrif buyurdi.

Toshkent shahrida Toshkent, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari ishtirokida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirning dastlabki kunida mehmonlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, soliq tushumlarini oshirish, jumladan, byudjetga qo‘shimcha daromadlar tushirish yo‘llari mavzularida ma’ruzalar tingladilar.

Seminar doirasida “O‘zsanoatqurilishbank”ning Yashnobod filialiga ekskursiya tashkil etildi.

- Filial misolida bugungi haqiqiy zamonaviy bank qiyofasini ko‘rdik, - deydi seminar ishtirokchilaridan biri Bahrom Abduvaliyev. -  Binoga kiraverishdayoq foyening o‘ziga xos jihozlanishi-yu u yerdagi mo‘’tadil havoda, resepshn xodimining muomala madaniyatida yaqqol ko‘zga tashlandi. Navbat olish uskunasining o‘rnatilgani, front-ofis va bek-ofislarning tashkil etilgani mijozlar uchun ham yangilik, ham yengillik bo‘libdi. 

Seminar 15 sentyabrga qadar davom etadi.






Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.10.2019 13:35  
up