Все Кредиты
График погашения
Dastlabki maslahatni telefon orqali yoki bank ofisida oling
Bankka kerakli hujjatlarni taqdim eting va bankning ijobiy qarorini kuting
Bank bilan kredit shartnomasini imzolang
Pasport yoki ID-karta
O'z-o'zini ish bilan ta'minlashni ro'yxatdan o'tkazish
Ijtimoiy soliq toʻlayotganligini tasdiqlovchi hujjat (yoki ma’lumotnoma)
Hokim yordamchisining tasdiqlangan tavsiyasi
SMS
2500 raqamiga yuborish orqali
Bank orqali
Istalgan ofisida
Mikroqarzning maqsadi:
biznesni boshlash uchun boshlang'ich xarajatlar
Mikroqarz miqdori:
20 mln soʻmgacha hamda ushbu mikroqarz qaytarmaslik xatari boʻyicha sugʻurta toʻlovi uchunMikroqarz muddati:
36 oygacha
Imtiyozli davr:
6 oygacha
To'lov oraliq davri:
har oy
To‘lov usuli:
аnnuitet - muntazam vaqt oralig'ida teng miqdorda
differensial - hajmi kamayib boruvchi miqdor
Foiz stavkasi:
31 %
Taqdim qilinadigan taʼminot turlari:
12 mln soʻmgacha:
- kredit qaytmaslik xatari toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi;
- avtotransport vositasi (ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan);
- noturar joy.
20 mln soʻmgacha:
- avtotransport vositasi (ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan);
- noturar joy.
Qoʻshimcha shartlar va izohlar:
- bank xodimlariga mazkur kredit mahsuloti orqali mikroqarz mablag‘i ajratilishi mumkin emas;
- qarz oluvchining bank va boshqa banklarda mavjud barcha mikroqarz mablagʻlari qoldigʻi hisobga olingan
holda jami qarzdorlik qoldigʻi 100 mln. soʻmdan oshmasligi lozim;
- Oʻzsanoatqurilishbank tizimida ushbu krediti turidan foydalangan oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslar
(qarzdor)ga mazkur kredit boʻyicha joriy qarzdorligini yopgandan soʻng qayta foydalanishga ruxsat beriladi
1. Krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʻlgan va 65 yoshdan oshmagan (65 yosh ham kiradi) boʻlishi.
2. Doimiy/norasmiy ish joyiga ega, shuningdek mikroqarz boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq har oyda toʻlash uchun yеtarli boʻlgan qonun hujjatlarida taʻqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan daromad manbaiga ega boʻlishi.
3. Ijtimoiy soliq toʻlayotgan va o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan boʻlishi.
1. Ish haqi (kamida 6 oy).
2. Yoshga doir pensiya.
3. Shaxsiy yordamchi, dehqon xo'jaligi, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bo'yicha asosiy hisobvarag'i barcha pul tushumlarining 10% (kamida 6 oy).
O'zini o'zi band qilish tartibida mehnat faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan daromadlar.
1. Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat.
2. Davlat soliq xizmati organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.
3. Daromadlari toʻgʻrisidagi maʻlumotnoma; (rasmiy daromadlar bankning elektron dasturi orqali ham olinishi mumkin);
4. Ta’minotga doir hujjatlar. Agar ta’minotga mol-mulk garovi taqdim etilgan taqdirda mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti;
5. Ijtimoiy soliq toʻlayotganligini tasdiqlovchi hujjat (yoki ma’lumotnoma);
6. Mikroqarz ajratish boʻyicha tegishli hokim yordamchisining tasdiqlangan ijobiy tavsiyanomasi.