SQBda gender tenglik

“SQB Ayollar klubi” ilk tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi


06.12.2019 12:40

“SQB Ayollar klubi” ilk tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisida “Konstitusiyada ayollar huquqi” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda bank boshqaruvi a'zolari, xodimlar hamda “SQB Ayollar klubi” a'zolari ishtirok etdi.
Tadbirda Bank Boshqaruv Raisi Aziz Voitov mamlakatimizda ayollar huquqi va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritib, bunda Bosh Qomusimiz dasturilamal bo‘layotganini qayd etdi.

Bankni transformasiya qilish jarayonida ayol xodimlarning ham hissasi alohida ekanini ta'kidlandi. Ularning samarali mehnati, bank rivojiga qo‘shayotgan hissasi alohida e'tirof etildi.
– “SQB Ayollar klubi” dasturi doirasida trening mashg‘ulotlari o‘tkazib, bank jamoasidagi xotin-qizlarning yuksak salohiyatli, fidoyi, nainki soha to‘g‘risida, balki yurtimizdagi ijtimoiy islohotlarni ziyraklik bilan kuzatib borishiga amin bo‘ldim, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi eksperti Jamila Shermuhammedova. – Bu bir tomondan bankda xotin-qizlar uchun teng huquq va imkoniyalar yaratilganligidan, ular qadr-qimmati yuksak darajada mustahkamlanganligidan dalolat bersa, ikkinchi tomondan bank boshqaruvi strategiyasi ham muassasa, ham jamoa manfaatlarini ko‘zda tutgan eng to‘g‘ri yo‘ldan borayotganini bildiradi.
Tadbir doirasida “SQB Ayollar klubi”ning ilk dasturida faol qatnashgan qator xotin-qizlarning lavozimi oshirildi, maxsus sertifikatlar topshirildi.

– Mazkur bankda 23 yildan buyon faoliyat yuritaman, – deydi Bankni strategik rivojlantirish departamenti boshqarma boshlig‘i Ozoda Shukurova. – O‘tgan davr davomida turli sharoit va rahbarlar qo‘l ostida ishlab, doim kasbim va bankim bilan faxrlanib kelganman. Bugun “SQB Ayollar klubi”ning faol qatnashchisi sifatida rag‘batlantirilganimdan ko‘ksim tog‘dek yuksaldi. Buning uchun bank rahbariyatiga shaxsan o‘zim, qolaversa, boshqa ishtirokchilar nomidan cheksiz minnatdorlik bildiraman.

Eslatib o‘tamiz, “SQB Ayollar klubi” joriy yilning avgust oyida tashkil etilgan bo‘lib, bunda bank tizimida xotin-qizlarning salohiyatini yanada rivojlantirish, yetakchilik qobiliyatini kuchaytirish, siyosatchi, rahbar va jamoat arboblari sifatida o‘zlarini namoyon qilishga sharoit yaratish, shuningdek mamlakatimizda barcha jabhalarda olib borilayotgan islohotlarda ular ishtirokini kengaytirish kabi maqsadlar ko‘zlagan.




Другие новости

22.10.2024 10:20:04
O‘zsanoatqurilishbankda rahbar ayollar soni 30 foizga oshiriladi

Bu haqda “Lider ayol” loyihasining tantanali ochilish marosimida ma’lum qilindi. Lohiha SQB hamda Toshkent ...

16.07.2024 09:31:42
O‘zsanoatqurilishbank lider ayollari uchun xalqaro ta’lim dasturi ish boshladi

Joriy yilning 15-iyul kuni O‘zsanoatqurilishbank va Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish ins ...

13.02.2024 15:44:07
“Yil ayoli” hamda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlari g‘oliblari aniqlandi

Joriy yilning 23-dekabr kuni O‘zbekiston Anjumanlar saroyida “Yil ayoli” hamda “Gender tenglik faoli” milliy tanlo ...


Дата последнего обновления: 04.11.2021 10:57  
up