Все Кредиты
Shu yilning 24-avgust kuni Oʻzsanoatqurilishbank Bosh ofisida “SQB Ayollar klubi”ning 2-mavsumi ochilishi marosimi boʻlib oʻtdi. Unda bank rahbariyati, bankning bir guruh faol xodimalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan ayollarning davlat va jamiyat hayotidagi oʻrni va rolini yanada oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini, gender tenglikni taʼminlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollar oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ular uchun yangi ish oʻrinlari yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylandi.
“SQB Ayollar klubi”ning navbatdagi mavsumi 5 oy davom etadi. Unda professional psixolog, trener, motivator Jamila Shermuxammedova boshchiligida klubga aʼzo bankning barcha filiallari ayol xodimlari ishtirokida “Ayolning jamiyatdagi turli rollari oʻrtasidagi muvozanat”, “Rahbar ayol obrazi”, “Kun tartibi”, “Stressga chidamlilik va rahbarning emotsional intellekti” kabi 11 ta mavzuda treninglar oʻtkaziladi.
Eslatib oʻtamiz, “SQB Ayollar klubi”ning dastlabki mavsumida 25 nafar ayol ishtirok etgan boʻlib, klub faoliyati natijalariga koʻra ularning aksariyati lavozimlari oshirildi. Joriy mavsumda ishtirok etish va klubga aʼzo boʻlish uchun koʻplab ayollardan murojaatlar kelib tushdi va klub aʼzolarining soni 70 taga yetkazildi.
Bu haqda “Lider ayol” loyihasining tantanali ochilish marosimida ma’lum qilindi. Lohiha SQB hamda Toshkent ...
Joriy yilning 15-iyul kuni O‘zsanoatqurilishbank va Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish ins ...
Joriy yilning 23-dekabr kuni O‘zbekiston Anjumanlar saroyida “Yil ayoli” hamda “Gender tenglik faoli” milliy tanlo ...