Islomiy moliya tamoyillarini o‘rganish yuzasidan kelishuv imzolandi
06.05.2024 11:12
III-Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida 2-may kuni O‘zsanoatqurilishbank hamda Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi o‘rtasida xodimlarni islomiy moliya sohasida malakasini oshirish yuzasidan Kelishuv imzolandi.
Bitimga ko‘ra, Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi O‘zsanoatqurilishbank xodimlari uchun islomiy moliya asoslari, islomiy moliya qoidalariga muvofiq loyihalarni moliyalashtirish hamda mijozlar uchun yangi turdagi islomiy xizmatlarni joriy qilishda yo‘nalishlarida o‘quv kurslarini tashkil qilish orqali ularning malakasini oshirishda amaliy yordam ko‘rsatadi.
Bank Axborot xizmati
438
Другие новости