Zarar ko‘rib ishlamayotgan bo‘lishi hamda nolikvid balansga ega bo‘lmasligi;
Muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik qarzlarining mavjud bo‘lmasligi;
Moliyaviy yil natijalari bo‘yicha ijobiy auditorlik xulosasiga ega bo‘lishi;
Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi.
1.Kafolat olishga ariza (anketa)
2.Mijozning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-son shakl);
3.Boshqa banklardagi mavjud hisob raqamlarining oxirgi 1 yillik aylanmasi toʻgʻrisida maʼlumot (agar mavjud boʻlsa);
4.Mijozning taʼsischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kafolatdan foydalanish yuzasidan roziligi;
5.Kafolatdan foydalanish boʻyicha biznes reja (mijoz faoliyati boʻyicha).
6.Oxirgi uch moliyaviy yil natijalari boʻyicha auditorlik hulosasi
Taʼminot sifatida kafillik taqdim etilganda:
1.Agar kafil korxonaning asosiy hisob raqamiga boshqa bank tomonidan xizmat koʻrsatilsa:
a.korxona taʼsis xujjatlari;
b.kafil korxonaning boshqa banklardagi hisob raqamlarining oxirgi bir yillik aylanmasi toʻgʻrisida maʼlumot;
c.kafil korxona taʼsischilarining korxona direktorini tayinlash boʻyicha qarori va korxona buxgalterini tayinlashi boʻyicha buyrugʻi;
d.kafil korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi;
2.Kafil korxona taʼsischilarining kafillik taqdim etish boʻyicha ijobiy qarori;
3.Kafil korxonaning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-son shakl);
Taʼminot sifatida mulk taqdim etilganda:
1.Mustaqil baholovchi tashkilotning amaldagi qonun hujjatlariga asosan rasmiylashtirilgan hisoboti;
2.Mulk egasining taʼsis xujjatlari (taʼsis shartnomasi, nizom va ustav – agar mulk 3-shaxsga tegishli boʻlsa);
Mulk egasi taʼsischilarining kafolatning taʼminoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan roziligi (agar mulk 3-shaxsga tegishli boʻlsa).