Lizing

Lizing xizmatlari yuridik shaxs huquqlariga ega boʻlgan moliyaviy barqaror xoʻjalik subyektlariga bank tomonidan investitsiya qilingan vositalarni toʻlash, taʼminlash va qaytarish shartlari bilan lizing mulkni sotib olish uchun taqdim etiladi.

  • Tavsif
  • Afzalliklari
  • Shartlari
  • Garovga qo'yiladigan talablar

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB transport vositalari, koʻchmas mulk, dastgohlar, bosmaxona va savdo uskunalari, ishlab chiqarish liniyalari, oziq-ovqat va boshqa sanoat korxonalari uchun uskunalar va qurilish texnikalarini sotib olish boʻyicha lizing operatsiyalarini taklif etadi. Bank faqat lizing operatsiyalarini amalga oshirib, bunda lizing obyekti lizing shartnomasi tugagandan soʻng lizing oluvchining mulkiga oʻtkazishni nazarda tutadi. Bunday holda, lizing oluvchi bankka lizing obyektini yetkazib berish va uni maqsadli foydalanishga yaroqli holatga keltirish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni qoplash va bank foizlarini toʻlashi shart.

  1. collective

    O'z biznesingizni rivojlantirishning foydali usuli
    Shaxsiy imkoniyatlar chegaralangan holatda katta loyihalarni amalga oshirish

  2. debit-card

    Soliq boʻyicha imtiyozlar
    Lizing shartnomasi boʻyicha taqdim etilgan texnologik uskunalar QQS, bojxona toʻlovlari va mol-mulk soligʻidan ozod qilinadi

  3. collective

    Uzoq muddatli moliyalashtirish
    Lizing beruvchi lizing oluvchining resurs va imkoniyatlarini birlashtirib, oʻz resurslarini qoʻshadi. Bu esa, bank kreditiga qaraganda ancha uzoq muddatga lizing berish imkoniyatini beradi.

Lizing turlari

Moliyaviy lizing va teskari (obratniy) lizing

Valyuta

Milliy valyuta (So‘m)

Moliyalashtirish manbai

Bank o‘z mablag‘lari hisobidan/

Boshqa jalb qilingan mablag‘lar hisobidan;

Mahsulotni taqdim etish shakli

Lizing sotuvchining hisob raqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan

Lizing miqdori

Lizing ob'ekti qiymatining 80%idan oshmagan miqdorda/“Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi”da qurilgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bino­­-inshootlarining 90%idan oshmagan miqdorda

Lizing muddat

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida asosiy vositalarning amortizasiya normalaridan kelib chiqqan holda lizing ob'ekti xizmat muddatining 80%idan ko‘p bo‘lmagan muddatda, biroq 12 oydan kam bo‘lmagan muddatda

Imtiyozli davr

Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan :
18 oygacha yoki loyiha xususiyatidan kelib chiqib, loyiha ishga tushgandan (akt vvoda) so‘ng 6 oy;

Boshqa jalb qilingan mablag‘lar hisobidan:

jalb qilingan mablag‘lar shartlariga asosan

Foiz stavkasi

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ajratiladigan kreditlar, faktoring

“Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi”da qurilgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bino­­-inshootlari lizingi uchun yillik 14%

Foiz hisoblash shartlari

Foizlar o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan stavkada har kuni hisoblanib, belgilangan grafik bo‘yicha so‘ndiriladi;

Samarali foiz stavkasi

Lizing mahsuloti ajratilishida belgilangan foiz stavkasi va resurs mablag‘lari narhi o‘rtasidagi farq

Asosiy qarz va foiz to‘lovlari to‘lash davri

Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan:

Asosiy qarzdorlik – imtiyozli davr tugagandan so‘ng har oyda/individual belgilanadi

Foiz to‘lovi - har oyda;

Boshqa jalb qilingan mablag‘lar hisobidan - jalb qilingan mablag‘lar shartlariga asosan


  • Moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisobot (2-son shakl) ijobiy bo‘lishi (Asosiy faoliyatidan tushumlar mavjud bo‘lmasligi ham mumkin);

  • O‘z mablag‘lari mavjudligi ko‘rsatkichlari ijobiy bo‘lishi;

  • Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi;

  • Kredit qarzdorliklariga taqdim etilgan kafilliklar bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;

  • O‘zaro aloqador korxonalarining muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;

  • Muddati o‘tgan va kartoteka-2 qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;

  • KATM ma'lumotnomasiga asosan barcha tijorat banklari oldida “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan kreditlari mavjud bo‘lmasligi;

  • Loyiha tashabbuskorining loyihadagi ulushi 30%idan kam bo‘lmasligi hamda loyiha yuzasidan taqdim etilgan texnik iqtisodiy asosnomada mazkur mablag‘larni shakllantirish manbaasi ko‘rsatilish kerak. Shuningdek, menedjer tomonidan loyiha yuzasidan tayyorlangan xulosada mazkur mablag‘lar manbaasi haqqoniyligi tasdiqlanishi lozim;

  • Asosiy yoki ikkilamchi hisob raqami mavjud bo‘lishi.


Oxirgi yangilanish sanasi: 28.04.2023 19:40  
up