RISKLARNI TAQSIMLASH krediti

risklarni taqsimlash shartnomasi bo'yicha loyihalarni moliyalashtirish

RISKLARNI TAQSIMLASH krediti
Mahsulot haqida
Step icon

40 mln evro ekvivalentigacha

Kreditning maksimal miqdori

Step icon

10 yilgacha

Kredit muddati

Step icon

UZS, USD, EUR

Kredit valyutasi

Step icon

12 oygacha

Aylanma mablag'larni to'ldirish uchun

Step icon

Korporativ, kichik va o'rta biznes

Segment

Step icon

Alohida belgilanadi

Foiz stavkasi

Kredit olish oson!
Steps icon

Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling

Steps icon

Kerakli hujjatlarni taqdim qiling

Steps icon

Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling

Batafsil shartlar
  • Kredit asosiy shartlari
  • Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma'lumotlar

Maqsadi:

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) bilan bank o‘rtasida imzolangan “Risklarni taqsimlash mexanizmi” (Risk Sharing Framework Agreement) shartnomasi doirasida Faoliyatni tashkil etish va/yoki kengaytirish va Korxona o‘z faoliyatini amalga oshirishda aylanma mablag‘larini to‘ldirish

Valyutasi:

milliy valyuta va xorijiy valyuta

Moliyalashtirish manbaasi:

bank o‘z mablag‘i va/yoki jalb qilingan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi

Muddati:

Aylanma mablag‘larni to‘ldirish:
12 oygacha

Faoliyatni tashkil etish va/yoki kengaytirish:
loyiha xususiyatidan kelib chiqib 10 yilgacha

Foiz stavkasi:

bank tizimida yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ajratiladigan kreditlar, faktoring va lizing amaliyotlari bo‘yicha foiz stavkalari”ga muvofiq belgilanadi


Miqdori:

40 million yevro ekvivalentigacha, biroq, loyiha qiymatining 70 % idan oshmagan miqdorgacha

Mahsulot bo‘yicha ta’minot:

mahsulot bo‘yicha ta’minot jami qiymati kredit summasining kamida 125 %ini (bankga aloqador shaxslar uchun 130 %) ta’minlashi zarur



Hujjatlar
Kredit shartnomasi

Kredit shartnomasi

Yuklab olish
DOWNLOAD
Asosiy talablar

1. Qarz oluvchi bir yildan kam bo‘lmagan muddat davomida faoliyat yuritayotgan bo‘lishi; 

2. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) foyda bilan yakunlangan bo‘lishi;

3. Mijozning xisobraqamida so`nggi 12 oy davomida uzluksiz tushum amalga oshirilgan bo`lishi lozim;

4. O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi ijobiy ko‘rsatkichda bo‘lishi;

5. O‘zaro aloqador korxonalarining “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;

6. 2-sonli kartoteka hisobvarag‘ida qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;

7. KATM maʼlumotnomasiga asosan mijozning barcha tijorat banklari hamda o‘zaro aloqador korxonalarining “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi;

8. KATM maʼlumotnomasiga asosan kreditlar bo‘yicha oxirgi 60 oy ichida:

-  30+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi;

-  60+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 2 tadan ko‘p bo‘lmasligi;

-  90+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklarga umuman yo‘l qo‘yilmagan bo‘lishi;

-   sud jarayonidagi (sudebnыy) kredit qarzdorliklariga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lishi;

-   balansdan tashqari (spisannыx, zaderjivaet spisannыy PKNT) hisob raqamga olingan kredit qarzdorliklariga umuman yo‘l qo‘yilmagan bo‘lishi; 

9. Oxirgi 12 oyda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida oydan oyga o‘tgan kredit bo‘yicha to‘lovlar (asosiy qarz va/yoki foiz) 3 martadan ko‘p bo‘lmasligi;

10. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan asosiy qarzdorlik va hisoblangan foiz qarzdorligi bo‘yicha oraliq hamda yakuniy to‘lov muddatini uzaytirish holatlari mavjud bo‘lmasligi; (bundan normativ-huquqiy hujjatlarga asosan muddati uzaytirilgan holatlar mustasno);

11. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan kollegial organ tomonidan belgilangan shartlarini bajarmaslik holatlari mavjud bo‘lmasligi;

12. Import shartnoma qiymatining kamida 15% qismini tashabbuskor o‘z mablag‘i hisobidan amalga oshirilishi lozim;

13. Mijozning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ bo‘lmasligi lozim;

14. Oxirgi 3 yilda kredit xizmatlari bo‘yicha (javobgar uchun kafillik taqdim etilgan holatlar ham hisobga olinadi) iqtisodiy sudda da’vo arizalari mavjud bo‘lgan va da’vo arizasi qisman yoki to‘liq qanoatlantirilgan taqdirda so‘rovnoma ko‘rib chiqiladi hamda kollegial organ mazkur so‘rovnomani rad etish huquqiga ega (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari, javobgar uchun tegishli mulk garovi taqdim etilgan holatlar bundan mustasno);

15. Mijoz tomonidan kredit mablag‘lari yo‘nalishi uchun taqdim etilgan shartnomalar bo‘yicha mahsulot yetkazib beruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonaning faoliyat turi, sudda daʼvo arizalari mavjudligi, Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi hamda zarur hollarda boshqa maʼlumotlari katta shaxsiy biznes menejer tomonidan o‘rganib chiqilishi lozim.

Bunda, bir loyiha doirasida summasi 250 ming AQSH dollari ekvivalenti va undan yuqori bo‘lgan shartnoma(lar) bo‘yicha “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK xulosasi hamda summasi 250 ming AQSH dollari ekvivalentigacha bo‘lgan shartnoma(lar) bo‘yicha xalqaro standartlar talablariga muvofiq akkreditatsiya qilingan tashkilot xulosasi (Markaz xulosasi mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno) talab etiladi. Zarur hollarda, ayrim loyihalar bo‘yicha summasi 250 ming AQSH dollari ekvivalentigacha bo‘lgan shartnomalar bo‘yicha bank tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKdan xulosa olish maqsadida murojaat qilinishi mumkin.


Kerakli hujjatlar

1. Ariza;

2.      Qarz oluvchi korxona taʼsis hujjatlari va chilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi (Xususiy korxonalar mustasno);

3.      Qarz oluvchi korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (Bank tomonidan 1-2-sonli shakllar DSI maʼlumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno hamda moliyaviy tahlil qilmagan holda kredit ajratilishida talab etilmaydi);

4.      Oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (moliyaviy faoliyat davri ushbu davrni qoplamagan holatlarda tezkor tayyorlangan buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti taqdim etiladi);

5.      Boshqa banklardagi hisobvaraq aylanmasi to‘g‘risida maʼlumot;

6.      Mahsulot sotib olish uchun mahalliy korxonalar bilan oldi-sotdi shartnomasi yoki chet el korxonalari bilan import shartnomasi nusxasi (Shartnomada yoki uning spetsifikatsiyasida asosiy vositaning quvvati, modeli, miqdori, ishlab chiqarilgan yili va xarakteri, qoramol sotib olinayotganda uning nasli, jinsi va og‘irligi, maxsus texnika sotib olinayotganda uning texnik xususiyatlari ko‘rsatilishi lozim);

7.      Qarz oluvchi korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari yoyilmasi;

8.      Loyiha xususiyatidan kelib chiqib boshqa hujjatlar xam so‘ralishi mumkin.


Kredit taʼminoti sifatida mulk taqdim etilganda:

1.      Garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti;

2.      Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs (korxona) taʼsischilarining kredit taʼminoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan roziligi;

3.      Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxonaning taʼsis hujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);

4.      Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa).

Kredit taʼminoti sifatida kafillik taqdim etilganda:

1.      Kafil korxona taʼsischilarining kafillik taqdim etish bo‘yicha roziligi;

2.      Kafil korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (Bank tomonidan 1- va 2-sonli shakllar DSI maʼlumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno);

3.      Kafil korxonaning oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (Agar korxona oxirgi moliyaviy yildan so‘ng davlat ro‘yxatidan o‘tgan yoki oxirgi moliyaviy yildan so‘ng kredit mablag‘lari olgan bo‘lsa);

4.      Kafil korxonaning taʼsis hujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);

5.      Kafil korxona direktori va bosh buxgalterining (agar mavjud bo‘lsa) pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa.


SQB BUSINESS
SQB BUSINESS

Uyingizdan chiqmasdan oʻz biznesingizni boshqaring

Batafsil
Depozitlar
Depozitlar

Qoʻshimcha foyda olish uchun yuqori daromadli depozitlarni oching

Batafsil
Transchegaraviy oʻtkazmalar
Transchegaraviy oʻtkazmalar

Dunyo bo‘ylab tez va xavfsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshiring

Batafsil
Korporativ kartalar
Korporativ kartalar

Barcha biznes xarajatlarini toʻlash uchun qulay vosita

Batafsil
Ish haqi loyihasi
Ish haqi loyihasi

Xatarlarni minimallashtirish orqali xodimlarning kartalariga ish haqini kiriting

Batafsil
Savdo ekvayringi
Savdo ekvayringi

Biznesni rivojlantirish uchun kelajak mijozlar doirasini kengaytiring

Batafsil
Biznes kreditlari
Biznes kreditlari

Biznesni yaratish va rivojlantirish uchun foydali kredit mahsulotlari

Batafsil

Oxirgi yangilanish sanasi: 02.04.2024 16:14  
up