Anderrayter limiti miqdorigacha
Maksimal kredit miqdori
36 oygacha
Kredit muddati
9 oygacha
Imtiyozli davr
USD
Kredit valyutasi
Mikro, kichik va oʻrta biznes uchun
Kimga to'g'ri keladi
4 % dan
Foiz stavkasi
Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling
Kerakli hujjatlarni taqdim qiling
Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling
Mahsulot maqsadi
Yopiq kredit liniyasi orqali eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish maqsadida
Valyuta:
Хorijiy valyuta (AQSh dollari)
Kredit miqdori:
Anderrayter limiti miqdorigacha
Kredit muddati:
12 oygacha (2023-yil 10-yanvardagi Prezidentning PF-2-sonli Farmoni va Hukumat komissiyasining 2023-yil 10-fevraldagi 7-sonli bayonnomasiga muvofiq 36 oygacha; 2024-yil 16-fevraldagi Prezidentning PF-36-sonli Farmoniga muvofiq eksportoldi va eksport bilan bog‘liq operatsiyalarni moliyalashtirish uchun 18 oygacha)
To‘lovlarni kechiktirib to‘lash sharti bilan eksport qilinganda – eksport shartnomasida ko‘rsatilgan kechiktirilgan muddatgacha
Foiz stavkasi:
yillik 4% - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6091va PF-36-sonli Farmonlari doirasida ajratiladigan kreditlarga;
yillik 6% - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-2-sonli Farmoni doirasida ajratiladigan kreditlarga;
Imtiyozli davr muddati:
- Kredit yuklamasi ≤ 50% – 9 oygacha.
- Kredit yuklamasi 50% < KY ≤ 100% – 6 oygacha.
- Kredit yuklamasi 100% dan yuqori (yoki 0%) – 3 oygacha
Kreditni ta'minlash:
kredit summasining kamida 125 % dan (bank bilan bog'liq shaxslar uchun 130 %)
Mulk garovi:
- bank talablari asosida ko'chmas mulk
- avtotransport vositalari-chiqarilgan kundan boshlab 5 yildan oshmasligi kerak
- maxsus texnika-chiqarilgan kundan boshlab 3 yildan oshmasligi kerak
- uskunalar-chiqarilgan kundan boshlab 2 yildan oshmasligi kerak
- pul mablag'lari (AQSh dollarida)
Nomulkiy garov:
- uchinchi yuridik shaxs (yuridik shaxs bo‘lmagan) kafilligi
- kreditni qaytarib bermaslik xavfini sug'urtalash polisi
- nomulkiy ta ' minotning boshqa turlari
1. Ariza;
2. Qarz oluvchi korxona ta'sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi(xususiy korxonalar va yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'ektlari bundan mustasno);
3. Qarz oluvchi korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to'g'risida xisoboti (bank tomonidan 1 va 2-sonli shakllar DSI ma'lumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno hamda moliyaviy tahlil qilmagan holda kredit ajratilishida talab etilmaydi);
4. Oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to'g'risida xisoboti(mijoz moliyaviy faoliyat davri ushbu davrni qoplamagan holatlarda hisobot oyining 1 kuniga tayyorlangan tezkor buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to'g'risida xisoboti);
5. Boshqa banklardagi hisobvaraq aylanmasi to'g'risida ma'lumot; 6. Mahsulot sotib olish uchun mahalliy korxonalar bilan oldi-sotdi shartnomasi yoki chet el korxonalari bilan import shartnomasi nusxasi(kredit mablag'lari naqd pulda ajratilganda talab etilmaydi) (import shartnomasida sotib oligayotgan mahsulot to'liq tasniflangan bo'lishi hamda ularning soni, miqdori va qiymati to'liq aks ettirilgan bo'lishi, shuningdek, shartnomalar summasi kredit summasidan kam bo'lmagan miqdorda bo'lishi lozim);
6. Mahsulot sotib olish uchun mahalliy korxonalar bilan oldi-sotdi shartnomasi yoki chet el korxonalari bilan import shartnomasi nusxasi(kredit mablag'lari naqd pulda ajratilganda talab etilmaydi) (import shartnomasida sotib oligayotgan mahsulot to'liq tasniflangan bo'lishi hamda ularning soni, miqdori va qiymati to'liq aks ettirilgan bo'lishi, shuningdek, shartnomalar summasi kredit summasidan kam bo'lmagan miqdorda bo'lishi lozim);
7. Karz oluvchi korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari yoyilmasi (agar so'ralayotgan kredit miqdori 500,0 ming AQSh dollari ekv.dan yuqori bo'lsa);
8. Shartnoma tovar etkazib berish zanjirida Rossiya, Belarussiya va Eron davlatlarida ro'yxatdan o'tgan kontragentlardan biri ishtirok etganda, shartnomaning sanktsiya bilan bog'liq xatarlarini baholash yuzasidan xalqaro huquqiy reytinglarda (Champers & Partners, Legal 500 va IFLR 1000 kabi) Tier 1 / Band 1 reytingiga ega halqaro yuridik kompaniyalar ijobiy xulosasi;
9. Faoliyat joyi bilan bog'liq kadastr yoki E-Ijara orqali tasdiqlangan ijara shartnomasi (amal qilish muddati 6 oydan kam bo'lmasligi lozim, shuningdek E-Іјagadan ro'yxatga olinmaydigan holatlar bundan mustasno).