Green Energy Microloan

Quyosh panellarini sotib olishni moliyalashtirish

Ariza qoldirish
60 000 USD ekvivalenti
Kreditning maksimal miqdori
60 oygacha
Kredit muddati
12 oygacha
Imtiyoz muddati
UZS
Kredit valyutasi
Korporativ hamda mikro, kichik va oʻrta biznes uchun
Kimga to'g'ri keladi
17%dan
Kredit stavkasi milliy valyutada

Kreditni qanday olish mumkin

Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini maslahat uchun tanlang
Kerakli hujjatlarni taqdim qiling
Kredit taqdim etish bo‘yicha ijobiy qarori chiqqanda, hujjatlarga imzo chekasiz va biz pullarni yetqazib beruvchi hisob raqamiga o‘tkazib beramiz

Kreditning maqsadi

Quyosh panellarini sotib olish

Valyuta

Milliy valyuta (so‘m) 

Miqdori

60 000 AQSh dollari ekvivalentigacha

 
Bunda kredit quyidagi transhlar orqali ajratiladi:
1-transh: kredit summasining 85% oshmagan miqdorda
2-transh: kredit summasining qolgan qismi quyosh panellari o’rnatilib ishga tushirilgandan va kreditning maqsadli ishlatilishi o’rganilgandan so’ng  ajratiladi

Muddati

60 oygacha

 

Foiz stavkasi

Yillik 17%

 

Imtiyozli davr

12 oygacha

 

Asosiy qarz va foizlarni to‘lash davriyligi

Mahsulot yetkazib beruvchining hisob raqamiga pul oʻtkazish yoʻli orqali

Avtotransport vositalarini sotib olish soni

Asosiy qarzdorlik – imtiyozli davr tugagandan so’ng har oyda
Foiz to’lovi – har oyda (differensial va annuitet to’lov usulida)

Mahsulot bo‘yicha ta’minot

Kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda
(Aloqador shaxslar uchun 130%)

 Qo’shimcha shartlar

Import shartnoma bo‘yicha to‘lov asosiy vositalar yetkazib berilgandan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki akkreditiv (100%) to‘lov turi orqali amalga oshirilishi lozim
Kredit mablag‘lari mahalliy korxonalarga mahsulot (xizmat) sotib olish uchun yo‘naltirilishi rejalashtirilgan hollarda, quyidagi qoidalar amal qiladi:
1.      Quyosh panelining narxi 1kVt uchun 1 500,0 AQSH dollari ekv.dan oshmasligi lozim
2.      Oldi-sotdi shartnomasida sotib olinadigan uskunaning batafsil tavsifi (quyosh panelining ishlab chiqarish quvvati, quyosh panelining yangiligi, quyosh paneli tarkibi va h.k) bo'lishi lozim
3.      Oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha kamida quyosh paneli va invertor sotib olinishi lozim (agar bu shart bajarilmasa, mijoz sotib olinmayotgan quyosh paneli yoki invertorga ega ekanligini isbotlashi lozim)
4.      Oldi-sotdi shartnomasida uskuna uchun kafolat muddati ko’rsatilgan bo’lishi lozim
5.      Loyiha tashabbuskori o’z faoliyat joyiga ega bo’lishi lozim. Ijaraga olingan hudud va obyektlar uchun quyosh panellari sotib olish  va o’rnatish maqsadida kreditlar ajratishga yo’l qo’yilmaydi

Kredit hisobiga sotib olingan quyosh panellari uskunalari olib kelib o’rnatilgandan so’ng, 30 kun muddat ichida kredit ta’minoti sifatida garovga olinishi lozim. (Bunda, kelajakda ushbu uskunalar hisobiga ta’minotdagi boshqa mol-mulklarni garovda ozod etish ta’qiqlanadi.)



Yopish
Kerakli hujjatlar
Yopish
Kredit mahsuloti bo’yicha ta’minotga qo’yiladigan talab


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.08.2023 16:36  
up