15 000 000 USD ekvivalentgacha
Kredit miqdori
12 oygacha
Kredit muddati
Taqdim etilmagan
Imtiyozli davr
UZS, EUR, USD
Kredit valyutasi
Individual belgilanadi
Kredit stavkasi
Mikro, kichik va o‘rta biznes
Mijoz
Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling
Kerakli hujjatlarni taqdim qiling
Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling
Kreditning maqsadi:
qarz oluvchining bank kafolati bo’yicha majburiyatining bank tomonidan qoplangan qismini kredit hisob raqamiga o’tkazish
Valyuta:
UZS, EUR, USD
Kredit muddati:
- 12 oygacha taqdim etilgan bank kafolatlari uchun - 12 oygacha
- uzoq muddatli investitsion loyihalar uchun taqdim etilgan bank kafolatlari uchun - taqdim etilgan bank kafolatining so’nggi muddatidan ortiq bo’lmagan muddatda
Foiz stavkasi:
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ajratiladigan kreditlar, faktoring va lizing amaliyotlari bo‘yicha foiz stavkalari”ga muvofiq belgilanadi
Kredit miqdori:
15 000 000,0 AQSh dollari ekvivalenti miqdorigacha
Mahsulot bo‘yicha ta’minot:
kafolat summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda;
(Aloqador shaxslar uchun 130%);
Mulkiy taʼminot:
- dastlabki taqdim etilgan bank kafolati uchun qabul qilingan va qabul qilinishi belgilangan mulkiy ta’minotlar,
xususan, taqdim etilgan mulkiy taminotlar kredit summasining 125%ini qoplashga yetarli bo’lmagan holatlarda quyidagi mulkiy ta’minotlar qabul qilinishi mumkin:
- bankda o‘rnatilgan talablar asosida ko‘chmas mulklar;
- avtotransport vositalari – ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan; (Bunda hisoblash jarayonida ishlab chiqarilgan yilidan boshlab hisoblanadi)
- maxsus texnikalar – ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan; (Bunda hisoblash jarayonida ishlab chiqarilgan yilidan boshlab hisoblanadi)
- uskunalar – ishlab chiqarilganiga 2 yildan oshmagan; (Bunda hisoblash jarayonida ishlab chiqarilgan yilidan boshlab hisoblanadi . Shuningdek ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan uskunalarni ular joylashgan bino/er bilan birgalikda ta’minotga taqdim etish mumkin)
Pul mablag‘lari;
Nomulkiy ta’minot:
Dastlabki taqdim etilgan bank kafolati uchun qabul qilingan va qabul qilinishi belgilangan nomulkiy ta’minotlar, xususan, taqdim etilgan nomulkiy taminotlar kredit summasining 125%ini qoplashga yetarli bo’lmagan holatlarda quyidagi nomulkiy ta’minotlar qabul qilinishi mumkin:
Uchinchi yuridik shaxs kafilligi
Kredit qaytarilmaslik xatari sug‘urta polisi
1. 2-sonli kartoteka hisobvarag‘ida qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
2. Kreditning maqsadli ishlatilganligi o’rganilgan bo’lishi;
3. Korxonaning faoliyati monitoring (biznes reja ko’rsatkichlari bajarilishi, garov mulklari holati va boshq. ) dalolatnomasi;
4. Taqdim etilgan bank kafolati bo’yicha kollegial organ qarori ijrosi ta’minlangan bo’lishi
1. Ariza
2. Qarz oluvchi korxona ta’sis hujjatlari va ta’sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bank kafolati olish yuzasidan roziligi (Xususiy korxonalar bundan mustasno);
3. Loyiha xususiyatidan kelib chiqib boshqa hujjatlar xam so‘ralishi mumkin.
Ta’minot sifatida mulk taqdim etilganda:
1. Garov ob’ekti bo‘yicha mustaqil baxolovchi tashkilot hisoboti;
2. Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs (korxona) ta’sischilarining bank kafolati ta’minoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan roziligi;
3. Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxonaning ta’sis hujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);
4. Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa).
Ta’minot sifatida kafillik taqdim etilganda:
1. Kafil korxona ta’sischilarining kafillik taqdim etish bo‘yicha roziligi;
2. Kafil korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (Bank tomonidan 1 va 2-sonli shakllar DSI ma’lumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno)
3. Kafil korxonaning oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (Agar korxona oxirgi moliyaviy yildan so‘ng davlat ro‘yxatidan o‘tgan yoki oxirgi moliyaviy yildan so‘ng bank kafolati taqdim etilayotgan bo’lsa);
4. Kafil korxonaning ta’sis hujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);
5. Kafil korxona direktori va bosh buxgalterining (agar mavjud bo‘lsa) pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);
6. Kafil korxonaning boshqa banklardagi hisobvaraq aylanmasi, kartoteka qarzdorligi to‘g‘risida ma’lumot;