TEZKOR krediti

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish, asosiy vosita sotib olish,ko'paytirish,maqsadsiz hamda har qanday maqsadlar uchun

TEZKOR krediti
Mahsulot haqida
Step icon

500 000 USD ekvivalentigacha

Kredit miqdori

Step icon

36 oygacha

Kredit muddati

Step icon

3 oygacha

Imtiyozli davr

Step icon

UZS

Kredit valyutasi

Step icon

30 % dan boshlab

Kredit stavkasi milliy valyutada

Step icon

Mikro, kichik va oʻrta biznes uchun

Kimga to'g'ri keladi

Kredit olish oson!
Steps icon

Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling

Steps icon

Kerakli hujjatlarni taqdim qiling

Steps icon

Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling

Batafsil shartlar
  • Shartlar
  • Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma'lumotlar

Kreditning maqsadi:

•  aylanma mablag’larni to’ldirish

•  asosiy vositalar sotib olish uchun

•  investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun

•  maqsadsiz.

Valyuta:

milliy valyuta (so'm)


Kredit muddati:

• aylanma mablag’larni to’ldirish uchun: 18 oygacha/36 oy muddatga bosh kelishuv imzolagan holda individual kredit shartnomasiga asosan 18 oygacha
• investitsion loyihalar bo’yicha asosiy vositalar sotib olish uchun - 36 oygacha
• maqsadsiz kreditlar uchun – 36 oygacha

Foiz stavkasi:


• milliy valyutada – yillik 30 % dan boshlab



Imtiyozli davr:

3 oygacha

Kredit miqdori:

500 000 AQSh dollari ekvivalentigacha

Mahsulot bo‘yicha ta’minot:

kredit summasining 135% dan kam bo‘lmagan miqdorda likvidli mulkiy garov va/yoki pul mablag‘lari ta’minoti (Aloqador shaxslar uchun 140%)


Hujjatlar
Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar

1.     Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi;

2.     O‘zaro aloqador korxonalarining “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi; 

3.     2-sonli kartoteka qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;

4.     KATM ma’lumotnomasiga asosan mijozning barcha tijorat banklari oldida hamda o‘zaro aloqador korxonalarining “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi;

5.     Kreditlar bo‘yicha oxirgi 60 oy ichida:

- 90+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 3 tadan ko‘p bo‘lmasligi;

- sud jarayonidagi (судебных) kredit qarzdorliklariga umuman yo’l qo’yilmagan bo’lishi;

- balansdan tashqari (списанных, задерживает списанный ПКНТ) hisob raqamga olingan kredit qarzdorliklariga umuman yo’l qo’yilmagan bo’lishi;

6.     “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan maqsadsiz ishlatilganlik holatlari mavjud bo‘lmasligi lozim. Maqsadli ishlatilganlik yuzasidan tekshiruv Kreditlarni boshqarish bo‘limining maqsadli ishlatilganlik to‘g‘risidagi dalolatnomasiga (aniq ko’rsatilgan bo’lishi shart) asosan amalga oshiriladi. Bunda, kreditlar bo‘yicha maqsadli ishlatilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma muddati еtib kelmagan, qarz oluvchi еtkazib beruvchini xizmat/mahsulot еtkazib bermaganligi uchun uni sudga bergan hamda kredit mablag‘larini maqsadli ishlatilishini tekshirish lozim bo‘lmagan mahsulotlar orqali ajratilgan kreditlar bo‘yicha ushbu shart qo‘llanilmaydi;

7.     Qarz oluvchining Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ bo‘lmasligi lozim;

8.     Oxirgi 3 yilda kredit xizmatlari bo‘yicha (javobgar uchun kafillik taqdim etilgan holatlar ham hisobga olinadi) iqtisodiy sudda da’vo arizalari mavjud bo‘lgan va da’vo arizasi qisman yoki to‘liq qanoatlantirilgan taqdirda so‘rovnoma ko‘rib chiqiladi hamda kollegial organ mazkur so‘rovnomani rad etish huquqiga ega (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari, javobgar uchun tegishli mulk garovi taqdim etilgan holatlar bundan mustasno);

9.     “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan asosiy va/yoki foiz qarzdorlik bo‘yicha yakuniy to‘lov muddatini uzaytirish holatlari 2 tadan ko‘p bo‘lmasligi.

 


Kerakli hujjatlar

1.           ariza

2.           qarz oluvchi korxona ta’sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi (xususiy korxonalar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno);

3.           garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti);

4.           Kartoteka-2 holati to’g’risida ma’lumot (asosiy hisob raqami boshqa banklarda bo’lgan hollarda).

5.           garov obyekti ko‘chmas mulk bo‘lgan taqdirda kadastr hujjati (ko’chirma va kadastr pasporti). shuningdek, yer uchastkasiga bo’lgan huquq ijara bo’lgan holatlarda ijara shartnomasi;

6.           garov obyekti avtotransport vositalari bo‘lgan taqdirda transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

7.           mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs (korxona) ta’sischilarining kredit ta’minoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan roziligi;

8.           mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxonaning ta’sis hujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);

9.           mulkni garovga beruvchi uchinchi jismoniy shaxs pasport nusxasi, uchinchi yuridik shaxs korxona direktori va bosh buxgalterining (mavjud bo‘lsa) pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);

10.        faoliyat joyi bilan bog‘liq kadastr yoki e-ijara orqali tasdiqlangan ijara shartnomasi (amal qilish muddati 6 oydan kam bo‘lmagan ijara shartnomasi taqdim etilishi lozim, shuningdek, e-ijaradan ro‘yxatga olinmaydigan holatlar va autsorsing xizmati korxonalari bundan mustasno);

11.        loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo’shimcha xujjatlar talab qilinishi mumkin.



SQB BUSINESS
SQB BUSINESS

Uyingizdan chiqmasdan oʻz biznesingizni boshqaring

Batafsil
Depozitlar
Depozitlar

Qoʻshimcha foyda olish uchun yuqori daromadli depozitlarni oching

Batafsil
Transchegaraviy oʻtkazmalar
Transchegaraviy oʻtkazmalar

Dunyo bo‘ylab tez va xavfsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshiring

Batafsil
Korporativ kartalar
Korporativ kartalar

Barcha biznes xarajatlarini toʻlash uchun qulay vosita

Batafsil
Ish haqi loyihasi
Ish haqi loyihasi

Xatarlarni minimallashtirish orqali xodimlarning kartalariga ish haqini kiriting

Batafsil
Savdo ekvayringi
Savdo ekvayringi

Biznesni rivojlantirish uchun kelajak mijozlar doirasini kengaytiring

Batafsil
Biznes kreditlari
Biznes kreditlari

Biznesni yaratish va rivojlantirish uchun foydali kredit mahsulotlari

Batafsil

Oxirgi yangilanish sanasi: 23.10.2024 16:31  
up