TADBIRKORGA KO’MAK 2 krediti

aylanma mablag’larni to’ldirish, asosiy vositalar sotib olish va boshqalar. Bunda asosiy mezon ish o’rinlari yaratish hisoblanadi

TADBIRKORGA KO’MAK 2 krediti
Kredit haqida

1 000 000 USD ekvivalentigacha

Kredit miqdori

60 oygacha

Kredit muddati

12 oygacha*

Imtiyozli davr

UZS, USD, EUR

Kredit valyutasi

18 % dan boshlab*

Kredit stavkasi milliy valyutada

8 % dan boshlab*

Kredit stavkasi xorijiy valyutada

Kredit olish oson!

Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling

Kerakli hujjatlarni taqdim qiling

Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling

Batafsil shartlar
  • Shartlar
  • Kredit foiz stavkasi
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma'lumotlar

Kreditning maqsadi:

yangi faoliyat turlarini tashkil etish, kengaytirish, aylanma mablag’larni to’ldirish hamda asosiy vositalar sotib olish bilan bog’liq loyihalar. Bunda asosiy me’zon ish o’rinlari yaratish hisoblanadi

Valyuta:

milliy valyuta (so'm)

xorijiy valyuta (AQSh dollari, yevro)

Kredit muddati:

ochiq/yopiq kredit liniyasi orqali aylanma mablag’larni to’ldirish uchun - 18 oygacha
boshqa loyihalar uchun - 60 oygacha

Imtiyozli davr:*

- aylanma mablag’larni to’ldirish uchun - 3 oygacha
- boshqa loyihalar uchun - 12 oygacha
- jalb qilingan mablag’lar hisobidan ajratiladigan kreditlar uchun - jalb qilingan liniya shartlariga muvofiq

Kredit miqdori:

1 000 000 AQSH dollar ekvivalentigacha

(bunda, kredit liniya talablarida minimal talab o’rnatilgan bo’lsa, mazkur minimal talab summasi miqdorida);

Kredit garovi:

- kredit summasining 125 % dan kam bo‘lmagan miqdorda mulkiy garov  (aloqador shaxslar uchun 130 %)

- kredit summasining kamida 65 % miqdorida dastlabki mulkiy garov. Qolgan kredit summasi garov obekti bo'lgan va qolgan summaning 60 % dan oshmaydigan mol-mulk bilan ta'minlanishi mumkin. Shu bilan birga, kredit yordamida sotib olingan asosiy vositalar mijozning nomiga rasmiylashtiriladi va kreditni ta'minlash uchun garovga kiritiladi

- aylanma mablaglarni to’ldirishda 125 foiz (aloqador shaxslar uchun 130 %) miqdorida mulkiy ta’minot

Mulk garovining ruxsat etilgan turlari:

- bankda o‘rnatilgan talablar asosida ko‘chmas mulklar
- avtotransport vositalari – ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan
- maxsus texnikalar – ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan
- uskunalar – ishlab chiqarilganiga 2 yildan oshmagan
(bunda hisoblash jarayonida ishlab chiqarilgan yilidan boshlab hisoblanadi)
- pul mablag‘lari
- kredit mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan asosiy vositalar, asbob-uskunalar va maxsus texnikalar

Nomulkiy garovlarning ruxsat etilgan turlari:

- to’lovga layoqatli yuridik shaxs kafilligi

- kredit qaytarilmaslik xatari sug‘urta polisi

- tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kafilligi


Hujjatlar

Kredit shartnomasi

Yuklab olish
Foiz stavkasi
 JQMS + 3,5 %

xorijiy va milliy valyutada liniya shartlari 3,5 % bank marjasi

27 %

Milliy valyutada: yillik 27 %

14 %

Xorijiy valyutada: yillik 14 %


5 tadan 10 tagacha yangi ish o’rni yaratilganda
 JQMS + 3,2 %

xorijiy va milliy valyutada liniya shartlari 3,2 % bank marjasi

26 %

Milliy valyutada: yillik 26 %

13 %

Xorijiy valyutada: yillik 13 %


10 tadan 20 tagacha yangi ish o’rni yaratilganda
 JQMS + 3 %

xorijiy va milliy valyutada liniya shartlari 3 % bank marjasi

25 %

Milliy valyutada: yillik 25 %

12,5 %

Xorijiy valyutada: yillik 12,5 %


20 tadan 50 tagacha yangi ish o’rni yaratilganda
 JQMS + 2,8 %

xorijiy va milliy valyutada liniya shartlari 2,8 % bank marjasi

24 %

Milliy valyutada: yillik 24 %

12 %

Xorijiy valyutada: yillik 12 %


50 tadan 100 tagacha yangi ish o’rni yaratilganda
 JQMS + 2,5 %

xorijiy va milliy valyutada liniya shartlari 2,5 % bank marjasi

23 %

Milliy valyutada: yillik 23 %

11,5 %

Xorijiy valyutada: yillik 11,5 %


100 tadan 500 tagacha yangi ish o’rni yaratilganda
 JQMS + 2,2 %

xorijiy va milliy valyutada liniya shartlari 2,2 % bank marjasi

22 %

Milliy valyutada: yillik 22 %

11 %

Xorijiy valyutada: yillik 11 %


500 tadan 1000 tagacha va undan ortiq yangi ish o’rni yaratilganda
 JQMS + 2 %

xorijiy va milliy valyutada liniya shartlari 2 % bank marjasi

18 %

Milliy valyutada: yillik 18 %

8 %

Xorijiy valyutada: yillik 8 %

JQMS - jalb qilingan mablag‘ stavkasi

Qo'shimcha shartlar
Loyiha yuzasidan yaratilishi rejalashtirilgan ish o’rinlari kreditdan foydalanish davri davomida qisqartirib yuborilsa, kredit foiz stavkasiga berilgan imtiyozlar bekor qilinadi va dastlabki bozor foiz stavkasida qayta hisob-kitob qilinadi. Ushbu shartlar kredit shartnomasida ko'rsatib o'tiladi.

Kerakli hujjatlar

1. Ariza;

2. Qarz oluvchi korxona taʼsischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi (Xususiy korxonalar mustasno);

3. Qarz oluvchi korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (Bank tomonidan 1- va 2-sonli shakllar DSI maʼlumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno hamda moliyaviy tahlil qilmagan holda kredit ajratilishida talab etilmaydi);

4. Oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (mijoz moliyaviy faoliyat davri ushbu davrni qoplamagan holatlarda tezkor tayyorlangan buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti taqdim etiladi);

5. Boshqa banklardagi hisobvarag’ aylanmasi to‘g‘risida maʼlumot;

6. Mahsulot sotib olish uchun mahalliy korxonalar bilan oldi-sotdi shartnomasi yoki chet el korxonalari bilan import shartnomasi nusxasi (Shartnomada yoki uning spetsifikatsiyasida asosiy vositaning quvvati, modeli, miqdori, ishlab chiqarilgan yili va xarakteri, qoramol sotib olinayotganda uning nasli, jinsi va og‘irligi, maxsus texnika sotib olinayotganda uning texnik xususiyatlari ko‘rsatilishi lozim);

7. Faoliyat joyi bilan bog’liq kadastr yoki e-ijara orqali tasdiqlangan ijara shartnomasi (amal qilish muddati 6 oydan kam bo’lmagan ijara shartnomasi taqdim etilishi lozim, e-ijaradan ro’yxatga olinmaydigan holatlar va autsorsing xizmati korxonalari bundan mustasno);

8. Qarz oluvchi korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari yoyilmasi;

9. Garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti;

10. Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs (korxona) taʼsischilarining kredit taʼminoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan roziligi;

11. Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxonaning taʼsis hujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);

12. Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);

13. Loyiha xususiyatidan kelib chiqib boshqa hujjatlar xam talab qilinishi mumkin.


SQB BUSINESS

Uyingizdan chiqmasdan oʻz biznesingizni boshqaring

Batafsil
Depozitlar

Qoʻshimcha foyda olish uchun yuqori daromadli depozitlarni oching

Batafsil
Transchegaraviy oʻtkazmalar

Dunyo boʻylab tez va xavfsiz pul oʻtkazmalarini amalga oshiring

Batafsil
Korporativ kartalar

Barcha biznes xarajatlarini toʻlash uchun qulay vosita

Batafsil
Ish haqi loyihasi

Xatarlarni minimallashtirish orqali xodimlarning kartalariga ish haqini kiriting

Batafsil
Savdo ekvayringi

Biznesni rivojlantirish uchun kelajak mijozlar doirasini kengaytiring

Batafsil
Biznes kreditlari

Biznesni yaratish va rivojlantirish uchun foydali kredit mahsulotlari

Batafsil

Savollaringiz bormi?

Ariza qoldiring va bizning mutaxassislarimiz siz bilan bog`lanishadi. Birgalikda savolingizga eng yaxshi yechim topamiz.

Qoʻngʻiroq qilish

Oxirgi yangilanish sanasi: 06.05.2024 12:34  
up