Oʻzsanoatqurilishbank BMTning Global shartnomasi tashabbusiga qoʻshildi

Oʻzsanoatqurilishbank Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Global shartnomasi tashabbusiga qoʻshildi. Tashkilot rasmiy saytidagi Oʻzsanoatqurilishbank sahifasida uning ushbu tashabbus ishtirokchisi sifatidagi barqarorlikni taʼminlash saʼy-harakatlari batafsil (https://unglobalcompact.org/what-is-gc/participants/156581-Uzbek-Industrial-and-Construction-Bank-Jo...) yoritilgan.

Global shartnoma – bu masʼuliyatli biznes amaliyotlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va oshkor qilish uchun ixtiyoriy yetakchilik platformasi hisoblanadi. U butun dunyo boʻylab kompaniyalarni barqaror va ijtimoiy masʼuliyatli siyosat yuritishga undashi bilan ahamiyatlidir.

“Oʻzsanoatqurilishbank barchamiz xohlagan dunyoni yaratish uchun masʼuliyatli biznes choralarini koʻrish majburiyatini olgan minglab boshqa kompaniyalar qatoriga qoʻshilgani quvonarli voqelikdir”, deyiladi tashkilot rasmiy xabarida.

Global shartnoma doirasida kompaniyalar BMT agentliklari, mehnat guruhlari hamda fuqarolik jamiyati bilan integratsiya qilinadi.

Bugungi kunda jahon hamjamiyatidagi eng yirik mazkur korporativ barqarorlik tashabbusi 160 dan ortiq mamlakatlarda joylashgan 15 mingan ziyod kompaniya va 4 mingga yaqin notijorat tashkilotni oʻz ichiga oladi.

Unga aʼzo kompaniyalar faoliyati va strategiyasi inson huquqlari, mehnat, atrof-muhitni muhofaza qilish va korrupsiyaga qarshi kurash sohalarida umumeʼtirof etilgan oʻnta tamoyilga muvofiqlashtiriladi.

Bundan tashqari, tashkilot aʼzo kompaniyalarning Barqaror taraqqiyot maqsadlari yoʻlidagi ishlarni qoʻllab-quvvatlashiga katta investitsiya kiritadi.



Bank Axborot xizmati



Дата последнего обновления: 28.07.2023 17:30  
up