Yangiliklar

Endi UzCard kartalaridagi pullarni so‘mli Visa’ga masofadan o‘tkazish mumkin


30.10.2018 12:41

Endi UzCard kartalaridagi pullarni so‘mli Visa’ga masofadan o‘tkazish mumkin

“O‘zsanoatqurilishbank” o‘z mijozlariga so‘mli Visa plastik kartalari hisobini UzCard kartasidagi mablag‘lar hisobidan to‘ldirish imkoniyatini yaratdi. 

Buning uchun Siz “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan chiqarilgan shu turdagi plastik kartalarga ega bo‘lishingiz hamda “UzPSB Mobile” mobil ilovasini telefongizga yuklab olishingiz kifoya.

“O‘zsanoatqurilishbank” so‘mli Visa kartalari bilan Siz dunyoning istalgan mamlakatida oldi-sotdi qilishingiz, internet do‘konlardan xaridlar amalga oshirishingiz mumkin. Bunda milliy valyutadagi mablag‘ingiz chet el valyutasiga avtomatik ravishda konvertatsiya qilinadi.

O‘zbekistonda birinchi bo‘lib “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan joriy qilingan yangi xizmatdan sutkaning istalgan vaqtida, dunyoning istalgan joyida foydalanishingiz mumkin. Mablag‘ miqdori chegaralanmagan.





Другие новости


Дата последнего обновления: 28.10.2025 17:54  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
logo