Tender va tanlovlar

Loyihachi va pudratchi tashkilotlar diqqatiga!


09.04.2025 19:40

Qo‘qon shahri, “Aziztepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida 16 ta ko‘p qavatli uy-joy qurilishi rejalashtirilgan loyiha bo‘yicha Bosh loyiha va Bosh pudrat tashkilotlarini tanlab olish uchun tanlov e’lon qilinadi.

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish istagida bo‘lgan tashkilotlardan tijorat takliflari qabul qilinadi.

Tanlovda eng yuqori reytingga ega va samarali iqtisodiy takliflarni taqdim etgan tashkilotlar g‘olib deb topiladi.

Shuni alohida ta’kidlaymizki, qurilish-montaj ishlari loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda boshlanishi nazarda tutilgan. Shu munosabat bilan:

Pudratchi tashkilotlar tijorat takliflarini nazorat o‘lchov natijalariga muvofiq aniqlanadigan umumiy qiymatdan chegirma shaklida taqdim etishlari lozim;

Loyihachi tashkilotlar esa loyihaning dastlabki qiymatiga nisbatan belgilangan foiz ko‘rinishida o‘z takliflarini taqdim etishlari talab etiladi.

Takliflar quyidagi manzilda qabul qilinadi:
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sebzor ko‘chasi, 52B-uy, “CAPITAL BINO QURILISH” MChJ ofisi

Ma’lumot uchun telefon: +998 (99) 030-50-90
Elektron pochta: psb_capital@mail.ru




Другие новости

03.12.2025 10:20:35
Klining xizmatlari bo‘yicha tijorat takliflarini qabul qilish to‘g‘risidagi e’lon

Hurmatli mijozlar! Ma’lum qilamizki, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Toshkent shahridagi bank bo‘linmal ...

28.11.2025 17:14:43
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Inson kapitalini rivojlantirish loyihasi bo‘yicha o‘quv kursi xizmatiga tanlov e’lon qiladi

Tijorat takliflarini qabul qilishning tugash sanasi – 05.12.2025 yil soat 18.00 gacha. tel: +998-78 ...

26.11.2025 21:19:49
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Issiqxonalar sektorini rivojlantirishning uzoq muddatli dasturini ishlab chiqish bo‘yicha

Issiqxonalar sektorini rivojlantirishning uzoq muddatli dasturini ishlab chiqish bo‘yicha:  Ti ...


Дата последнего обновления: 28.10.2025 17:54  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
logo