Anderrayter limiti doirasida
Kreditning maksimal miqdori
60 oygacha
Kredit muddati
12 oygacha
Imtiyoz muddati
UZS, EUR, RUB, USD
Kredit valyutasi
Mikro, kichik va oʻrta biznes uchun
Kimga to'g'ri keladi
Bank tizimidagi minimal stavkalardan past bo‘lmagan
Kredit stavkasi
Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling
Kerakli hujjatlarni taqdim qiling
Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling
Kreditning maqsadi:
Valyuta:
milliy valyuta (so ' m)
chet el valyutasi (AQSh dollari, evro, rubl)
Kredit miqdori:
anderrayter limiti doirasida
Kreditni muddati:
Foiz stavkasi:
Bank mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan:
кredit foiz stavkalari "O‘zsanoatqurilishbank" tizimida belgilangan minimal foizlardan past bo‘lmaydi.
Boshqa bankdan kredit qoldig‘ini sotib olish:
dastlabki kreditor shartlarida amalga oshiriladi, lekin "O‘zsanoatqurilishbank" tizimidagi minimal foizlardan past bo‘lmasligi kerak.
Maxsus shartlar:
agar normativ hujjatlar maqsadli resurslar uchun aniq foiz va bank marjasini belgilasa, mazkur foiz stavkasi qo‘llaniladi.
Kreditni ta'minlash:
Ta'minot miqdori:
kredit summasining kamida 125% (aloqador shaxslar uchun – 130%).
Dastlabki mulkiy garov:
kredit summasining kamida 70%. Qolgan garov – kredit hisobiga sotib olingan asosiy vositalar mijoz nomiga
rasmiylashtirilgach, taqdim etiladi (kamida 55%).
Qo‘shimcha talablar:
garov rasmiylashtirilgunga qadar sug‘urta polisi yoki kafillik taqdim etilishi kerak. Ushbu shart bajarilmasa, umumiy ta'minot miqdori kamida 125% bo‘lishi lozim.
Mulkiy garov:
- bankda o‘rnatilgan talablar asosida ko‘chmas mulklar (Bozor hududida joylashgan yengil konstruksiyali savdo do‘konlar garovga qabul qilinmaydi);
- avtotransport vositalari – ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan (bunda hisoblash jarayonida ishlab chiqarilgan yilidan boshlab hisoblanadi);
- maxsus texnikalar – ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan (bunda hisoblash jarayonida ishlab chiqarilgan yilidan boshlab hisoblanadi);
- uskunalar – ishlab chiqarilganiga 2 yildan oshmagan; (bunda hisoblash jarayonida ishlab chiqarilgan yilidan boshlab hisoblanadi)
- pul mablag‘lari (kredit valyutasi bilan bir xil valyutada bo‘lishi lozim);
- kredit mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan asosiy vositalar, asbob-uskunalar va maxsus texnikalar.
Dastlabki garov:
Dastlabki garov miqdori: kredit summasining kamida 70%.
Qo‘shimcha garov: kredit summasining qolgan kamida 55%i kredit hisobiga sotib olingan asosiy vositalar mijoz nomiga rasmiylashtirilib garovga qo‘yiladi.
Diskontlash sharti: agar jami mulkiy garov qiymati (diskontlashdan keyin) kredit summasining 125%idan kam bo‘lsa, dastlabki garov miqdori 70%dan yuqori bo‘lishi talab etiladi.
Nomulkiy garov:
- uchinchi yuridik shaxslarning kafilligi
- kreditni qaytarmaslik xavfini sug'urtalash polisi
-"Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJ kafilligi
Qo‘shimcha shartlar:
Bank xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) ishtirokidagi (ta’sischiligidagi) yoki rahbarligidagi korxonalarga hamda yuqoridagi shaxslar ishtirokidagi (rahbarlagidagi) korxonalar kafilligi ostida, garovga qo‘yuvchi shaxs sifatida kredit ajratish ta’qiqlanadi.