MAHALLA TADBIRKORI krediti

mahallada tashkil etilgan biznesning asosiy aktivlarini ko'paytirish va boshqa maqsadlariga erishish uchun

MAHALLA TADBIRKORI krediti
Kredit haqida

300 000 000 UZS ekvivalentigacha

Kredit miqdori

36 oygacha

Kredit muddati

6 oygacha

Imtiyozli davr

UZS, USD, EUR

Kredit valyutasi

24 % dan boshlab

Kredit stavkasi milliy valyutada

13 % dan boshlab

Kredit stavkasi xorijiy valyutada

Kredit olish oson!

Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling

Kerakli hujjatlarni taqdim qiling

Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling

Batafsil shartlar
  • Shartlar
  • Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma'lumotlar

Kreditning maqsadi:

•  aylanma mablag’larni to’ldirish

•  asosiy vositalar sotib olish uchun

•  maqsadsiz.

Valyuta:

milliy valyuta (so'm)

xorijiy valyuta (AQSh dollari, yevro)

Kredit muddati:

• aylanma mablag’larni to’ldirish uchun - 18 oygacha
• asosiy vositalar sotib olish uchun - 36 oygacha
• maqsadsiz kreditlar uchun – 36 oygacha

Foiz stavkasi:

• milliy valyutada – 24 %

• xorijiy valyutada – 13 %

Imtiyozli davr:

3 oygacha

Kredit miqdori:

300 000 000 so'm ekvivalentigacha


Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar

1.  Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) ijobiy  yakunlangan bo‘lishi;

2.  Qarz oluvchi krеdit yuklamasi 100%dan oshiq bo‘lmasligi;

3.  Agarda qarz oluvchi krеdit yuklamasi 100%dan yuqori bo‘lsa, krеdit ta’minoti sifatida yuridik shaxs kafilligi olinadi. Ushbu holatda kafil korxonaga qo‘yiladigan talablar:

-  Kafil korxonalar soni 2 tadan ko‘p bo‘lmasligi;

- Qarz oluvchi va kafil korxona(lar)ning birgalikdagi krеdit yuklamasi 100%dan oshmasligi lozim;

-  Kafillik summasi so‘ralayotgan krеditning 125%dan kam bo‘lmasligi lozim (agarda kafillar soni 2 ta bo‘lsa, har bir kafil korxona krеdit summasining 125%ga kafillik taqdim etiladi);

4.  O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi ijobiy ko‘rsatkichda bo‘lishi;

5.  Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi;

6.  O‘zaro aloqador korxonalarining “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;  

7.  2-sonli kartoteka qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;

8.  KATM ma’lumotnomasiga asosan mijozning barcha tijorat banklari oldida hamda o‘zaro aloqador korxonalarining “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi;

9.  Kreditlar bo‘yicha oxirgi 60 oy ichida:

-  30+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 10 tadan ko‘p bo‘lmasligi;

-  60+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 3 tadan ko‘p bo‘lmasligi;

-  90+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklarga umuman yo‘l qo‘yilmagan bo‘lishi;

-  sud jarayonidagi (sudеbnыx) kredit qarzdorliklariga umuman yo’l qo’yilmagan bo’lishi;

-  balansdan tashqari (spisannыx, zadеrjivaеt spisannыy PKNT) hisob raqamga olingan kredit qarzdorliklariga umuman yo’l qo’yilmagan bo’lishi;

10.  Oxirgi 12 oy ichida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida oydan oyga o‘tgan kredit bo‘yicha to‘lovlar (asosiy qarz va/yoki foiz) 

3 martadan ko‘p bo‘lmasligi;

11.  “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan asosiy qarzdorlik va hisoblangan foiz qarzdorligi bo‘yicha oraliq hamda yakuniy to‘lov muddatini uzaytirish (o’zgartirish) holatlari 3 tadan ko‘p bo‘lmasligi;

12.  “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan asosiy qarzdorlik bo‘yicha shartlari qayta ko‘rib chiqilgan va muddati uzaytirilgan foiz qarzdorliklari hisobvaraqlarida qoldiq mavjud bo‘lmasligi;

13.  “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan kollegial organ tomonidan belgilangan shartlarini bajarmaslik holatlari mavjud bo‘lmasligi;

14.  “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan maqsadsiz ishlatilganlik holatlari mavjud bo‘lmasligi lozim. Maqsadli ishlatilganlik yuzasidan tekshiruv kreditlarni boshqarish xizmatining maqsadli ishlatilganlik to‘g‘risidagi dalolatnomasiga (aniq ko’rsatilgan bo’lishi shart) asosan amalga oshiriladi. Bunda, kreditlar bo‘yicha maqsadli ishlatilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma muddati еtib kelmagan, qarz oluvchi еtkazib beruvchini xizmat/mahsulot еtkazib bermaganligi uchun uni sudga bergan hamda kredit mablag‘larini maqsadli ishlatilishini tekshirish lozim bo‘lmagan mahsulotlar orqali ajratilgan kreditlar bo‘yicha ushbu shart qo‘llanilmaydi;

15.  Qarz oluvchining Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ bo‘lmasligi lozim;

16.  Oxirgi 3 yilda kredit xizmatlari bo‘yicha (javobgar uchun kafillik taqdim etilgan holatlar ham hisobga olinadi) iqtisodiy sudda da’vo arizalari mavjud bo‘lgan va da’vo arizasi qisman yoki to‘liq qanoatlantirilgan taqdirda so‘rovnoma ko‘rib chiqiladi hamda kollegial organ mazkur so‘rovnomani rad etish huquqiga ega (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari, javobgar uchun tegishli mulk garovi taqdim etilgan holatlar bundan mustasno).


Kerakli hujjatlar

1.  ariza;

2.  markaziy bank tomonidan taqdim etilgan tegishli litsenziya;

3.  qarz oluvchi korxona ta’sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi (xususiy korxonalar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno); 

4.  qarz oluvchi korxonaning (tеgishli DSIga elеktron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgaltеriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisoboti (Bank tomonidan 1 va 2-sonli shakllar DSI ma’lumotlar bazasidan elеktron olingan hollar bundan mustasno);

5.  oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti taqdim etilishi mumkin;

6.  boshqa banklardagi hisobvaraq aylanmasi (asosiy hisobvarag’i boshqa bankda bo’lgan holatlarda kartoteka-2 qarzdorligi) to‘g‘risida ma’lumot;

7.  garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti;

8.  garov obyekti ko‘chmas mulk bo‘lgan taqdirda kadastr hujjati (ko’chirma va kadastr pasporti) shuningdek, yer uchastkasiga bo’lgan huquq ijara bo’lgan holatlarda ijara shartnomasi;

9.  garov obyekti avtotransport vositalari va maxsus texnikalar bo‘lgan taqdirda transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (texnik pasport, texnik talon);

10.  mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs (korxona) ta’sischilarining kredit ta’minoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan roziligi;

11.  mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxonaning ta’sis hujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);

12.  mulkni garovga beruvchi uchinchi jismoniy shaxs pasport nusxasi, uchinchi yuridik shaxs korxona direktori va bosh buxgalterining (mavjud bo‘lsa) pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);

13.  faoliyat joyi bilan bog‘liq kadastr yoki e-ijara orqali tasdiqlangan ijara shartnomasi;

14.  qarz oluvchi korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari yoyilmasi;

15.  loyiha xususiyatidan kelib chiqib boshqa hujjatlar xam so‘ralishi mumkin.

16.  kredit ta’minoti sifatida kafillik taqdim etilganda:

- kafil korxona ta’sischilarining kafillik taqdim etish bo’yicha roziligi;

- kafil korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to’g’risida hisoboti (bank tomonidan 1 va 2-sonli shakllar DSI ma’lumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno);

- kafil korxonaning ta’sis xujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko’rsatilsa);

- kafil korxona direktori va bosh buxgalterining (agar mavjud bo’lsa) pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko’rsatilsa);

- kafil korxonaning boshqa banklardagi hisobvaraq aylanmasi to’g’risida ma’lumot.


SQB BUSINESS

Uyingizdan chiqmasdan oʻz biznesingizni boshqaring

Batafsil
Depozitlar

Qoʻshimcha foyda olish uchun yuqori daromadli depozitlarni oching

Batafsil
Transchegaraviy oʻtkazmalar

Dunyo boʻylab tez va xavfsiz pul oʻtkazmalarini amalga oshiring

Batafsil
Korporativ kartalar

Barcha biznes xarajatlarini toʻlash uchun qulay vosita

Batafsil
Ish haqi loyihasi

Xatarlarni minimallashtirish orqali xodimlarning kartalariga ish haqini kiriting

Batafsil
Savdo ekvayringi

Biznesni rivojlantirish uchun kelajak mijozlar doirasini kengaytiring

Batafsil
Biznes kreditlari

Biznesni yaratish va rivojlantirish uchun foydali kredit mahsulotlari

Batafsil

Savollaringiz bormi?

Ariza qoldiring va bizning mutaxassislarimiz siz bilan bog`lanishadi. Birgalikda savolingizga eng yaxshi yechim topamiz.

Qoʻngʻiroq qilish

Oxirgi yangilanish sanasi: 15.04.2024 15:03  
up