Joriy yilning 6-may kuni Jahon banki va PwC tashkiloti bilan hamkorlikda Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasini ishlab chiqish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhining seminar-yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ta’kidlab o’tish joizki, 2023-yil 26- oktabrdagi Vazirlar Mahkamasining “Milliy ‘yashil’ iqtisodiyot taksonomiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 561-sonli qarori qabul qilindi. 

Mazkur qarorga muvofiq, 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish, “yashil” turdagi faoliyatni tasniflash uchun Milliy “yashil” taksonomiyani ishlab chiqish va uni takomillashtirish loyihasi amalga oshirilmoqda. 

Ushbu loyiha doirasida Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasini 2 ta yirik (1 ta moliyaviy “O’zsanoatqurilishbank” ATB va 1 ta xizmat ko‘rsatish “Toshshahartransxizmat” AJ sohasidagi) tashkilotlarda sinovdan o‘tkazish (пилотирование) rеjalashtirilgan.

Bugungi seminar-yig‘ilishda sinovdan o‘tkazishning dastlabki dastur rеjasida nazarda tutilgan quyidagi masalar batafsil yoritildi:
- “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasi bilan tanishtirish;
- ishtirokchilardan tegishli ma’lumotlarni to‘plash;
- jarayonni baholash uchun sinovdan o‘tkazish mezonlarini belgilash (“O‘zsanoatqurilishbank” ATB uchun – kreditlar %, yashil taksonomiya mezonlariga javob beradigan, “Toshshahartransxizmat” AJ uchun esa – yashil taksonomiyaga muvofiq amalga oshirilgan xizmatlar yoki asosiy vositalarga investitsiyalar hajmi);
- kreditlarni va investitsiyalarni yashil yoki yashil bo'lmaganligini tasniflash uchun yashil taksonomiya mezonlarini qo'llashi;
- sinov natijalarini, jumladan, uch oy davomida taksonomiyaga kiritilgan har qanday o'zgarishlarni hujjatlashtirish va foydalanuvchilarning fikr-mulohazalarini olish.




Oxirgi yangilanish sanasi: 13.05.2024 15:34  
up