Yangiliklar

Aholi murojaatlari bilan ishlashda sayyor qabullar samarali kechmoqda


17.02.2025 19:34

Joriy yilning 17-fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zsanoatqurilishbank tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash sohasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.

         Mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligidagi islohotlar avval – inson, keyin – jamiyat va davlat, degan tamoyillar asosida olib borilmoqda. Aholi murojaatlari bilan ishlash borasida ham yangi mexanizmlarni tadbiq etish orqali odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish, har bir bo‘g‘inda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga erishilmoqda.

         Brifingda qayd etilganidek, o‘tgan yilda O‘zsanoatqurilishbank faoliyatida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi yana-da takomillashtirilgan. Jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda videokonferensaloqa vositasi orqali qabul qilishni tashkil etish huquqiy tomonlama mustahkamlangan.

         Hisobot davrida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1930 ta murojaat kelib tushgan. Bunda, murojaatlarning 80 foizdan ortig‘i ijobiy hal qilingan, qonun normalariga zid bo‘lgan murojaatlar asoslantirilgan holda rad etilgan.

         Hududlar kesimida asosiy murojaatlar Toshkent shahridan kelib tushgan bo‘lib, umumiy murojaatlarning 32,3 foizini tashkil etadi. Shuningdek, bu ko‘rsatkich Toshkent viloyati bo‘yicha qariyb 16 foizni, Surxondaryo viloyati bo‘yicha 6,4 foizni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida 5 foizni va Farg‘ona viloyati bo‘yicha 4,9 foizni tashkil qiladi.

         – Murojaatlar bilan ishlashda joylarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullar ham samarali kechmoqda, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Axborot xizmati rahbari Behzod Bozorov.– Tizim nafaqat yurtdoshlarimizga, balki bank faoliyati uchun ham katta naf keltirmoqda. Ochiq muloqotlarda bir tomondan xalq muammolariga joyida yechim topilayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan hamyurtlarimizning g‘oya va takliflari bilan bank xizmatlarini yana-da xalqchil qilishga erishilmoqda. Aytish joiz, 2024-yilda bank rahbariyati tomonidan 40dan ortiq sayyor qabullar tashkil etilib, ularda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli 170dan ziyod murojaatlar ijobiy hal qilindi.

         Brifingda aholi murojaatlari bilan ishlashda har bir bo‘g‘in rahbari shaxsan javobgar ekanligi, tuzilmalar, hududiy tarmoqlar hamda mas’ul shaxslar faoliyati alohida o‘rganib borilayotgani ta’kidlandi. O‘tgan yilda o‘tkazilgan ana shunday o‘rganishlar natijasida 24 ta holatda kamchilik aniqlanib, mas’ul xodimlarga tegishli intizomiy jazo choralari qo‘llanilgani ma’lum qilindi.

         Tizimda aholi murojaatlari bilan ishlashda bunday holatlarning oldini olish va ishni samarali yuritish maqsadida o‘quv kurslari tashkil etildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida murojaatlar bilan ishlovchi 20 nafar mas’ul xodimning malakasi oshirildi.

Bank axborot xizmati





Другие новости

19.12.2025 16:49:59
Har juma – milliy liboslar kuni!

O‘zsanoatqurilishbankda har juma milliy qadriyatlarimizga hurmat ramzi sifatida milliy liboslar kuni nishonlanadi ...

18.12.2025 14:42:23
Korrupsiya holatiga duch keldingizmi? Xabar bering — adolatni tanlang!

Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat.  Sen boshla – sening ortingdan boshqal ...

17.12.2025 16:13:02
SQB KICHIK BIZNES UCHUN RAQAMLI BANK YARATMOQDA

Mamlakatimiz bank sektorida raqamli o‘zgarishlar izchil davom etmoqda. Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan “2020 ...


Дата последнего обновления: 28.10.2025 17:54  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
logo