Yangiliklar

Mahalladagi moliyaviy maktab: SQB yangi moliyaviy ta’lim loyihasini qo‘llab-quvvatlamoqda


07.04.2025 15:29

Mahalladagi moliyaviy maktab: SQB yangi moliyaviy ta’lim loyihasini qo‘llab-quvvatlamoqda

 

O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Markaziy bank tomonidan “Global Money Week” doirasida ishga tushirilgan “Moliyaviy savodxon mahalla” loyihasiga qo‘shildi.

O‘tgan yildan buyon O‘zsanoatqurilishbank tashabbusi bilan Toshkent shahridagi 15 ta mahallada zamonaviy kutubxonalar faoliyat yuritmoqda. Ularning har biri mingdan ziyod milliy va xorijiy adabiyotlar bilan boyitilgan (umumiy fond – 16 mingdan ziyod).

2025-yildan boshlab mazkur kutubxonalarda har oy bolalar va o‘smirlar uchun moliyaviy savodxonlik mashg‘ulotlari o‘tkazish rejalashtirildi. Maqsad – yoshlarda shaxsiy moliyaga oid bilim va ko‘nikmalarni to‘g‘ri shakllantirishga hissa qo‘shishdan iborat.

Ilk mahorat darslari shu yilning 5-aprel kuni bo‘lib o‘tdi. Ularda quyidagi mavzular bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi:

• Pulni samarali boshqarish

• Jamg‘arma va investitsiyalar

• Budjet tuzish va moliyaviy maqsadlarga erishish

Ishtirokchilardan biri 14 yoshli E’zoza Abdurahimova o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:

– Ilgari pulni olsam, hammasini darhol sarflab qo‘yardim. Endi esa shaxsiy jamg‘arma nima uchun kerakligini, kelajakda maqsadli ravishda pul yig‘ish qanchalik muhim ekanini tushundim. Hatto uyga borib ota-onam bilan birgalikda “oylik budjet” tuzishni boshladik!

Mashg‘ulotlar bankning malakali xodimlari tomonidan interaktiv tarzda savol-javob va mini-o‘yinlar bilan qiziqarli olib borildi.

 

Eslatib o‘tamiz, mashg‘ulotlar har oy bo‘lib o‘tadi!

Manzil – mahallangizdagi kutubxona!

Moliyaviy savodingizni o‘zingizga qulay makonda bepul oshirishni qo‘ldan boy bermang!

 

#SQB

#MoliyaviySavodxonlik

#UzFinLit

# GlobalMoneyWeek

Bank axborot ximati

 





Другие новости

19.12.2025 16:49:59
Har juma – milliy liboslar kuni!

O‘zsanoatqurilishbankda har juma milliy qadriyatlarimizga hurmat ramzi sifatida milliy liboslar kuni nishonlanadi ...

18.12.2025 14:42:23
Korrupsiya holatiga duch keldingizmi? Xabar bering — adolatni tanlang!

Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat.  Sen boshla – sening ortingdan boshqal ...

17.12.2025 16:13:02
SQB KICHIK BIZNES UCHUN RAQAMLI BANK YARATMOQDA

Mamlakatimiz bank sektorida raqamli o‘zgarishlar izchil davom etmoqda. Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan “2020 ...


Дата последнего обновления: 28.10.2025 17:54  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
logo