Yangiliklar

Mahallalardagi moliyaviy savodxonlik davom etmoqda


03.05.2025 19:26

Mahallalardagi moliyaviy savodxonlik davom etmoqda

Joriy yilning 3-may kuni O‘zsanoatqurilishbank (SQB) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tashkil etilgan “Moliyaviy savodxon mahalla” loyihasi doirasida poytaxtimizdagi barcha mahallalarda navbatdagi savodxonlik darslarini o‘tkazdi.

Mamlakatimizda 2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi asosida kutubxonalar faoliyati yangi bosqichga ko‘tarildi. Ushbu yo‘nalishda tijorat banklari, jumladan, O‘zsanoatqurilishbank ham munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

O‘tgan yili bank tomonidan poytaxtimizdagi 15 ta mahallada zamonaviy kutubxonalar tashkil etildi. Ularda milliy va jahon adabiyoti durdonalari, badiiy, ilmiy hamda tarixiy asarlar jamlangan kitob fondi yaratildi.

Joriy yildan boshlab Markaziy bank “Umumjahon pul haftaligi-2025” (“Global Money Week”) doirasida mazkur kutubxonalar orqali yangi moliyaviy ta’lim dasturini ilgari surdi.

Unga ko‘ra, endilikda har bir kutubxonada har oy yoshlarda shaxsiy moliyaga oid bilim va ko‘nikmalarni to‘g‘ri shakllantirishga qaratilgan moliyaviy savodxonlik mashg‘ulotlari o‘tkazib boriladi.

3-may kun bo‘lib o‘tgan darslarda shaxsiy moliyaviy hisobotlarni yuritish, xususan daromad va xarajatlarni boshqarish, pulni tejash va investitsiya qilishning asoslari haqida nazariy bilimlar hamda amaliy keyslar ulashildi.

– Internet va boshqa kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanayotgan davrda yoshlarni kitob o‘qishga qiziqtirish, buning uchun qulay sharoitlar yaratish hamda turli ta’lim dasturlarini tadbiq etish hayotiy muhim zarurat, – deydi Chilonzor tumanidagi “Beshqo‘rg‘on” mahalla fuqarolari yig‘ini raisi Hasan Yuldashev. – Markaziy bank tashabbusi bilan O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida amalga oshirilayotgan bunday sa’y-harakatlar yosh avlodni turli salbiy illatlardan asrab, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishga katta hissa qo‘shadi.

Ma’lumki, “Moliyaviy savodxon mahalla” loyihasi doirasidagi ilk mashg‘ulotlar shu yilning 5-aprel kuni tashkil etilgan edi. Ularda jamg‘arma tuzish, byudjet rejalashtirish va moliyaviy maqsadlarga erishish kabi dolzarb mavzular yoritilgan edi.

Ta’kidlash joiz, bu kabi loyihalar orqali bank yosh avlodning moliyaviy ta’limini yana-da chuqurlashtirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ijtimoiy faollikni oshirishga xizmat qilmoqda.


#SQB

#UzFinLit

# GlobalMoneyWeek

#MoliyaviySavodxonlik

#YangiRuhiyat

#IjtimoiyFaol

Bank axborot xizmati



Другие новости

19.12.2025 16:49:59
Har juma – milliy liboslar kuni!

O‘zsanoatqurilishbankda har juma milliy qadriyatlarimizga hurmat ramzi sifatida milliy liboslar kuni nishonlanadi ...

18.12.2025 14:42:23
Korrupsiya holatiga duch keldingizmi? Xabar bering — adolatni tanlang!

Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat.  Sen boshla – sening ortingdan boshqal ...

17.12.2025 16:13:02
SQB KICHIK BIZNES UCHUN RAQAMLI BANK YARATMOQDA

Mamlakatimiz bank sektorida raqamli o‘zgarishlar izchil davom etmoqda. Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan “2020 ...


Дата последнего обновления: 28.10.2025 17:54  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
logo