Yangiliklar

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi


27.09.2024 18:19

Joriy yilning 26-sentyabr kuni poytaxtimizda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bank Kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari, shuningdek, tegishli tarkibiy tuzilmalar rahbarlari ishtirok etdi.

2020-2025 – yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasida bank sohasini isloh qilishning keng ko‘lamli yo‘nalishlari belgilab berildi.

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ushbu strategiya asosida yetakchi xalqaro institutlar bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida xalqaro andozalarga mos korporativ boshqaruv tizimi shakllandi.

Bank Kengashi tarkibida mustaqil a’zolar soni 6 nafarga yetkazildi, Kengash raisi mustaqil a’zolar tarkibidan saylandi.

Bank boshqaruvi va Kengash a’zolari o‘rtasida mushtarak maqsadlarga asoslangan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Yig‘ilishda bankning ijobiy brendi va obro‘-e’tiborni yaratishga qaratilgan yuqori darajadagi korportativ madaniyat shakllantirilgani qayd etildi. Bu bankning bozor mavqeini yanada yuksaltirish hamda xalqaro moliya hamjamiyatiga faol kirib borishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

– Bankni xususiylashtirish tobora rivojlanayotgan O‘zbekiston uchun muhim qadamlardan biri, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi, gollandiyalik Ferdinant Tuinstra. – Bu bilan bank faoliyati mutloqo yangi bosqichga ko‘tariladi, o‘sishda, yetakchi bo‘lishda davom etadi.

Transformatsiya natijalari, xususiylashtirish bosqichlari hamda bank faoliyatini yanada rivojlantirishga oid masalalar muhokamasi yig‘ilish kun tartibining asosini tashkil qildi.

Aytish joiz, Bank Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi oldi xorijiy mustaqil a’zolar bilan bank boshqaruvi va biznes tuzilmalar rahbarlari o‘rtasida norasmiy uchrashuvlar tashkil etilib, o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.

https://youtu.be/Fm-tzonSjYk

Bank Axborot xizmati





Другие новости

27.09.2024 17:06:29
Qurilish materiallari 58 ta davlatga eksport qilinmoqda

Joriy yilning 26-sentyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” ...

27.09.2024 17:04:47
O’zsanoatqurilishbank “Oltin chinor” milliy mukofoti bilan taqdirlandi

Mukofot Uzbekistan’s club, Progressiv islohotlar markazi hamda CARE CSR konsalting kompaniyasining ekspertlar guruhi tom ...

25.09.2024 16:53:07
O'zsanoatqurilishbank 25 sentyabr kuni bo'lib o'tgan "Avtomobilsiz kun" tashabbusiga sodiq qolishda davom etmoqda

Ushbu loyiha Prezidentning 2024-yil 21-fevraldagi farmoniga muvofiq "O'zbekiston-2030" davlat strategiyasi dasturi doira ...


Дата последнего обновления: 27.09.2024 18:21  
up