




Joriy yil 10-iyun kuni poytaxtimizdagi CAEx ko‘rgazmalar saroyida O‘zbekiston sanoati va investitsiya salohiyatini namoyish etishga bag‘ishlangan ilk Milliy ko‘rgazma ish boshladi. IV Toshkent Xalqaro investitsiya forumi doirasida tashkil etilgan tadbirda O‘zsanoatqurilishbank faol ishtirok etmoqda.
Ma’lumki, forum doirasida energetika, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalar va boshqa sohalar bo‘yicha yirik investision loyihalar taqdim etilmoqda. Tadbirga 100 ga yaqin davlatdan xalqaro investorlar va taniqli biznes vakillari tashrif buyurdi.
Milliy ko‘rgazmada 90 ta mahalliy kompaniya 10 dan ortiq tarmoq bo‘yicha o‘z mahsulot va loyihalarini namoyish etmoqda. Jumladan, O‘zsanoatqurilishbank tomonidan investitsiya, raqamli texnologiyalar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar taqdim etilmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, ko‘rgazma mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini amalda namoyon etuvchi platformaga aylandi. Xorijiy investorlar O‘zbekistondagi ishbilarmonlik muhiti, imkoniyatlar va tayyor loyihalar bilan tanishib, hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olish imoniga ega bo‘lmoqda.
Tadbir 12-iyunga qadar davom etadi.
Bank axborot xizmatiO‘zsanoatqurilishbankda har juma milliy qadriyatlarimizga hurmat ramzi sifatida milliy liboslar kuni nishonlanadi ...
Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqal ...
Mamlakatimiz bank sektorida raqamli o‘zgarishlar izchil davom etmoqda. Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan “2020 ...

