Yangiliklar

Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar uchun elektron kutubxona yaratildi


06.04.2023 09:35

“Tadbirkorlar maktabi” oʻquv markazi tomonidan qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasiga oid adabiyotlarni yagona bazada jamlovchi books.tadbirkormaktab.uz platformasi ishga tushirildi.

Oʻzsanoatqurilishbank va “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida “OʻzqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi huzurida tashkil etilgan “Tadbirkorlar maktabi” faoliyati har tomonlama takomillashtirilmoqda.

Oʻquv markazi tinglovchilariga qulaylik yaratish maqsadida soʻnggi yillarda chop etilgan adabiyotlarni yagona bazada jamlovchi elektron kutubxona – books.tadbirkormaktab.uz platformasi yaratildi.

Elektron kutubxonaga qurilish materiallari va ularni ishlab chiqarishga oid oʻzbek va rus tilidagi 2 mingga yaqin adabiyotlar yuklanmoqda. Uning fondi bosqichma-bosqich toʻldirib boriladi.

Elektron kutubxonadan foydalanish har tomonlama qulay boʻlishi uchun platforma funksiyalari soddalashtirilgan tarzda ishlab chiqildi. Adabiyotlar, darsliklar, ilmiy maqolalar, monografiyalar, dissertatsiyalar, jurnallar kabi muhim boʻlimlar platformaning asosiy sahifasiga joylashtirildi.

Elektron kutubxonada OECD-iLibrary, EBSCO Publications, Report Linker kabi xalqaro manbaalarga bogʻlanish imkoniyati ham mavjud.

Qayd etish joiz, “Tadbirkorlar maktabi” oʻquv markazi qurilish materiallari ishlab chiqarishda tashabbuskor tadbirkorlarning sohadagi malaka darajasini muntazam oshirib borish, ilgʻor arxitektura va dizaynerlik tamoyillariga asoslangan “kelajak materiallari” nomenklaturasini kengaytirish hamda ishlab chiqarishda xalqaro standartlarni keng joriy etish maqsadida tashkil qilingan.

Shuningdek, markaz faoliyati boʻlajak tadbirkorlarning moliya, soliq, marketing va huquqiy savodxonligini oshirish, ilgʻor va zamonaviy texnologiyalar, ishlanmalar, bilimlar va ilm-fan yutuqlaridan foydalangan holda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi yangi tadbirkorlarni kashf etishga qaratilgan.

Bugungi kunda “Tadbirkorlar maktabi”da qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida oʻz biznesini boshlash niyatidagi tadbirkorlar, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar xodimlari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari oʻz malaka va koʻnikmalarini oshirib kelmoqda.

Markazda taʼlim olish va loyihalarni qoʻllab-quvvatlash – mutloqo BEPUL.

Viloyatlardagi xohlovchilar uchun online oʻqish yoʻlga qoʻyilgan. Xorazm, Samarqand va Jizzax viloyatlarida filiallari tashkil etilgan.

 

Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Tafakkur koʻchasi 68-a uy. “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi binosi.

Kursga arizani onlayn (https://tadbirkormaktab.uz/ru/?lang=ru#message-send) yoki +998 71 2549201 raqami (9:00dan 17:00gacha) orqali qoldirish mumkin.

 

Bank Axborot xizmati





Другие новости

19.12.2025 16:49:59
Har juma – milliy liboslar kuni!

O‘zsanoatqurilishbankda har juma milliy qadriyatlarimizga hurmat ramzi sifatida milliy liboslar kuni nishonlanadi ...

18.12.2025 14:42:23
Korrupsiya holatiga duch keldingizmi? Xabar bering — adolatni tanlang!

Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat.  Sen boshla – sening ortingdan boshqal ...

17.12.2025 16:13:02
SQB KICHIK BIZNES UCHUN RAQAMLI BANK YARATMOQDA

Mamlakatimiz bank sektorida raqamli o‘zgarishlar izchil davom etmoqda. Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan “2020 ...


Дата последнего обновления: 28.10.2025 17:54  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
logo