Yangiliklar

Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish imkoniyatlari to‘liq ishga solinmoqda


27.11.2024 17:21

Joriy yilning 27-noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zsanoatqurilishbank tomonidan shu yilning yanvar-oktyabr oylari davomida qurilish materiallari ishlab chiqarishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalarga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.

Shu yilning fevral oyida muhtaram Prezidentimiz huzurida qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar taqdimot qilindi.

Taqdimot mobaynida davlatimiz rahbari tomonidan tarmoqni rivojlantirish imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish maqsadida qator topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Brifingda o‘tgan davr mobaynida O‘zsanoatqurilishbank tomonidan mas’ul idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda sohani yangi bosqichga ko‘tarish borasida olib borilgan ishlar va ularning natijalari xususida axborot berildi.

Ta’kidlanganidek, qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan tuman va shaharlarda yangi loyihalarni ishga tushirishga ko‘maklashuvchi yaxlit tizim yaratilgan. BCG, Deloitte kabi nufuzli xalqaro kompaniyalar ekspertlarini jalb etgan holda, sohani jahon standartlari darajasida rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan.

Malakali va zarur ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash maqsadida yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Turkiyaning Maltepe universiteti hamda Budapesht texnologiyalar va iqtisodiyot universitetlari bilan aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.

Germaniyaning Drezden texnika universiteti huzuridagi Qurilish materiallari instituti direktori Viktor Mesherin xorijiy maslahatchi sifatida jalb etilgan.

Mazkur amalga oshirilgan ishlar natijasida qurilish materiallari sanoatiga oid ko‘rsatkichlar yildan-yilga o‘smoqda.

Xususan, shu yilning yanvar-oktyabr oylarida 34,9 trln. so‘mlik sement, qurilish oynasi, keramik plitka, gipsokarton, sanitar-texnik buyumlar, gulqog‘oz va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Belorus, Ozarbayjon, Niderlandiya, Afg‘oniston, Gruziya va boshqa shu kabi davlatlar bozorlarini o‘zlashtirish hisobiga mahsulotlar eksporti hajmi taqqoslanayotgan davrga nisbatan 127 foizga o‘sib, 693 mln. dollarni tashkil etdi. 1 840 mln. dollarlik investitsiyalar, 1 210 mln. dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

Innovatsion loyihalarni tadbiq etish hisobiga bazaltdan roving, katta o‘lchamdagi keramogranit, geotekstil, katta o‘lchamli pardozbop toshlar kabi yangi turdagi qurilish materiallarini ishlab chiqarila boshladi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida qariyb 2 trln. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Natijada 6,5 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Ana shunday loyihalardan biri Urganch shahridagi “Khorezm Insulation Group” korxonasiga tegishli bo‘lib, qiymati 44 mln. dollarga tengdir.

Loyihani tadbiq etish uchun tashabbuskor mablag‘lari bilan bir qatorda 19,2 mln. dollar miqdorida bank kreditlari hamda 12 mln. dollar hajmida xorijiy investitsiyalar jalb qilindi. Zavodga Germaniya, Turkiya, Rossiya va Xitoy davlatlaridan issiqlik saqlovchi plitalar ishlab chiqaruvchi zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatildi, 300 ta ish o‘rni yaratildi.

Yillik quvvati 30 ming tonnani tashkil etuvchi korxona uchun bazalt xom ashyosi Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qoratau tog‘idan qazib olinmoqda.

Bundan tashqari, Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida ham katta hajmdagi rezervuarlar va metall quvurlar ishlab chiqarish loyihasi tadbiq etildi. “Enter Steel Karakul” korxonasiga tegishli loyiha doirasida 400 ta ish o‘rni barpo etildi.

Jizzax viloyati Forish tumanidagi noyob bazalt koni topilmasi hududni sanoatlashtirishda muhim rol o‘ynamoqda. Bu yerda bazalt tolasi va ushbu xom ashyodan tayyorlanadigan turli innovatsion mahsulotlar faol o‘zlashtirilmoqda. Ana shunday loyihalardan biri “Basfiber Trade” korxonasi tomonidan amalga oshirilib, natijada bazalt toshidan tola va mato ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 25 ming tonna, jalb qilingan ishchilar soni esa, 300ga yaqindir.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

19.12.2025 16:49:59
Har juma – milliy liboslar kuni!

O‘zsanoatqurilishbankda har juma milliy qadriyatlarimizga hurmat ramzi sifatida milliy liboslar kuni nishonlanadi ...

18.12.2025 14:42:23
Korrupsiya holatiga duch keldingizmi? Xabar bering — adolatni tanlang!

Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat.  Sen boshla – sening ortingdan boshqal ...

17.12.2025 16:13:02
SQB KICHIK BIZNES UCHUN RAQAMLI BANK YARATMOQDA

Mamlakatimiz bank sektorida raqamli o‘zgarishlar izchil davom etmoqda. Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan “2020 ...


Дата последнего обновления: 28.10.2025 17:54  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
logo