Yangiliklar

O‘zsanoatqurilishbank yuridik shaxslar uchun depozit sertifikatlarini taklif qiladi


12.06.2019 09:06

O‘zsanoatqurilishbank yuridik shaxslar uchun depozit sertifikatlarini taklif qiladi

O'zsanoatqurilishbank xo'jalik yurituvchi sub'ektlar uchun umumiy qiymati 200 000 000 000,0 (ikki yuz milliard) so'mni tashkil etuvchi depozit sertifikatlarini muomalaga chiqardi.
Bank qimmatli qog'ozlarining ushbu turi bo'yicha foiz to'lovlari har oyda hisoblanib, mijozga keyingi oyning birinchi o'n kunligida to'lab boriladi.
Depozit sertifikatlar oldi-sotdi, hadya qilish, meros qilib olish, ustav fondiga kiritish va egasi almashuviga olib keladigan boshqa bitimlarda, shuningdek garovda bitim ob'ekti bo'lishi mumkin.
Depozit sertifikat uchun foiz to'lovlari quyidagicha:

Muddatlari

Yillik ustama foiz miqdori (%da)

181 kundan 365 kunlar davomida

Qayta moliyalashtirish stavkasi minus 1,0 %

366 kundan 730 kunlar davomida

Qayta moliyalashtirish stavkasi minus 0,5 %

731 kundan 1095 kunlar davomida

Qayta moliyalashtirish stavkasi

Bank depozit sertifikati bo'yicha foiz to'lovlarini O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi (amaldagi qayta moliyalash stavka 16%) o'zgargan taqdirda, ushbu o'zgartirish kiritilgan kundan e'tiboran belgilangan tartibda hisoblaydi va to'lab beradi.
Depozit sertifikatlarini sotib olish uchun Bankning istalgan filialiga yoki Bosh ofisiga murojaat qilishingiz mumkin.
Ma'lumot uchun telefon raqamlari: 78 120 45 07, 78 120 35 75.





Другие новости

19.12.2025 16:49:59
Har juma – milliy liboslar kuni!

O‘zsanoatqurilishbankda har juma milliy qadriyatlarimizga hurmat ramzi sifatida milliy liboslar kuni nishonlanadi ...

18.12.2025 14:42:23
Korrupsiya holatiga duch keldingizmi? Xabar bering — adolatni tanlang!

Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat.  Sen boshla – sening ortingdan boshqal ...

17.12.2025 16:13:02
SQB KICHIK BIZNES UCHUN RAQAMLI BANK YARATMOQDA

Mamlakatimiz bank sektorida raqamli o‘zgarishlar izchil davom etmoqda. Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan “2020 ...


Дата последнего обновления: 28.10.2025 17:54  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
logo