Tadbirlar

Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi talablari jamoa oʻrtasida keng targʻib qilinmoqda


22.06.2023 13:02

Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi talablari jamoa oʻrtasida keng targʻib qilinmoqda

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan hududlarda “Korrupsiyaga karshi kurashish menejment tizimi va uning talablari” mavzuida oʻtkazilayotgan oʻquv-treninglar davom etmokda.
Joriy yilning 21-iyun kuni ana shunday tadbir bankning Fargʻona va Surxondaryo viloyatlaridagi hududiy boshqarmalarida tashkil etildi. 
Trening davomida xodimlar korrupsiyaga karshi kurashish menejment tizimi va uning talablariga rioya qilmaslik asoratlari va oqibatlari, sodir etilishi mumkin boʻlgan korrupsion holatlar va ushbu holatlarni aniqlash mexanizmlari, tovlamachilikka urinish yoki pora taklifini aniqlash hamda bunday takliflarga javob berish usullari, shuningdek shubhali holatlarda kimga murojaat qilish haqida batafsil maʼlumotga ega boʻldi.

Hurmatli hamkasblar!
Oʻz faoliyatingizda korrupsiyaga oid qoidabuzarliklarga duch kelsangiz yohud bu haqda biror maʼlumotga ega boʻlsangiz toʻgʻridan-toʻgʻri “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish maxsus boshqarmasiga yoki 24/7 rejimida ishlovchi quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat etishingiz mumkin:
☎️ IP 11-60, 10- 25;




Другие новости

18.09.2024 12:31:59
Manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish masalalariga oid muhim uslubiy ishlanmalar tayyorlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Adliya vazirligi va Huquqni muhofaza qilish akademi ...

14.05.2024 15:35:55
Yangi O‘zbekistonning aksilkorrupsiya islohotlari fakt va raqamlarda.

Videorolik “Yuksalish” Harakati tomonidan tayorlangan. ...


Дата последнего обновления: 22.06.2023 16:49  
up