O‘zsanoatqurilishbank Korporativ markazi tomonidan Jizzax viloyatida qator tashkilot va muassasalar xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Tadbirlar “Mijoz bilan muloqot – xizmat sifatining poydevori” mavzusiga bag‘ishlandi.
Ushbu uchrashuvlarda Jizzax viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, “Hudud gaz Jizzax” hamda “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari” kabi yirik korxonalar xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirlarning asosiy maqsadi – bank tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berish, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, shuningdek, mijozlarning ehtiyoj va takliflarini o‘rganishdan iborat.
Uchrashuvlar davomida ishtirokchilarga jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan bank mahsulotlari, ish haqi loyihalarining afzalligi, mobil ilovadan foydalanish imkoniyatlari va masofaviy bank xizmatlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, xavfsiz to‘lovlar va shaxsiy moliyaviy boshqaruvga oid muhim jihatlar ham tushuntirildi.
Muloqot jarayonida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni yo‘lladilar. Bank mutaxassislari har bir murojaatga batafsil javob berdilar. Mijozlar tomonidan ilgari surilgan fikr va takliflar kelgusida xizmatlar sifatini yana-da oshirishda inobatga olinishi ta’kidlandi.
Korporativ markaz jamoasi hududlardagi korporativ mijozlar bilan uchrashuv va amaliy muloqotlarni davom ettirishni, ular uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishni va moliyaviy xizmatlar sifatiga yana-da yuqori mezonlar joriy etishni rejalashtirgan.
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “ITCO” MChJ bilan tuzilgan mazkur shartnoma amaldagi qonunchilik talablariga muvo ...
Joriy yilning 12-iyun kuni O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Bosh ofisida “Xalqaro kapitalni jalb qilish va milliy iqtisodiyot ...

