Uzoq muddatli kredit

Asosiy vositalarni sotib olish, jihozlarni sotib olish, faoliyatni kengaytirish, modernizatsiya qilish va qurilish maqsadlari uchun

Kimga to'g'ri keladi
Yuridik shaxs maqomidagi kichik va o‘rta biznes vakillariga
60 oygacha*
Foydalanish muddati
18 oygacha**
Imtiyozli muddat
UZS, USD, EUR, RUB
Kredit valyutasi
Chegaralanmagan***
Kredit summasi
Stavka****
Kredit bo‘yicha foiz stavkasi asosida o‘rnatiladi

Kreditni qanday olish mumkin:

O‘zingizga yaqin bo‘lgan Bank filialini tanlang va Bank mutaxassisi bilan uchrashuvni belgilang
Kerakli hujjatlar to‘plamini yig‘ing va Bank mutaxassisiga taqdim qiling
Kredit taqdim etish bo‘yicha qarorni kuting. Bankning ijobiy qarori chiqqanda, hujjatlarga imzo chekasiz va biz pullarni yetqazib beruvchi hisob raqamiga o‘tkazib beramiz

Kredit shartlari

Kredit maqsadi:

Qurilish materiallari ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq:

-asosiy vositalar sotib olish;

-asbob-uskunalar va maxsus texnika vositalari sotib olish;

-faoliyatini kengaytirish, modernizasiya qilish va qurilish maqsadlari;

-uzoq muddatli nomoddiy aktivlar sotib olish;

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va Qarorlarida ko‘rsatilgan boshqa maqsadlar;

Kredit valyutasi:

UZS, USD, EUR, RUB

Kredit summasi:***

Mijozlarning kredit qobiliyatiga asoslangan (O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibiga asosan skoring tahlil tizimi bo‘yicha CC reytingdan past bo‘lmagan);

Foydalanish muddati:*

Xorijiy moliya institutlari mablag‘lari – moliya institutlari shartlariga asosan;

Boshqa manbalar mablag‘lari hisobidan – 60 oygacha yoki jalb qilingan mablag‘lar shartlariga asosan;

 

Imtiyozli davr:**

Xorijiy moliya institutlari mablag‘lari – moliya institutlari shartlariga asosan;

Boshqa manbalar mablag‘lari hisobidan - 18 oygacha yoki loyiha xususiyatidan kelib chiqib loyiha ishga tushgandan so‘ng 6 oy yoki jalb qilingan mablag‘lar shartlariga asosan;

Moliyalashtirish manbai:

Xorijiy moliya institutlari va boshqa manbalar mablag‘lari hisobidan;

Kredit taqdim etish shakli:

Mahsulot yetkazib beruvchining hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li orqali;

Foiz stavkasi:****

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ajratiladigan kreditlar, faktoring va lizing amaliyotlari bo‘yicha foiz stavkalari”ga muvofiq belgilanadi yoki jalb qilingan mablag‘lar shartlariga asosan;

Foiz hisoblash shartlari:

Foizlar xorijiy moliya institutlari va boshqa manbalar mablag‘lar shartlariga asosan o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan stavkada hisoblanadi;

Samarali foiz stavkasi:

Kredit mahsuloti ajratilishida belgilangan foiz stavkasi va resurs mablag‘lari narhi o‘rtasidagi farq;

            Asosiy qarz va foiz to‘lovlari to‘lash davri:

Xorijiy moliya institutlari mablag‘lari – moliya institutlari shartlariga asosan;

Boshqa manbalar mablag‘lari hisobidan:

Asosiy qarz – imtiyozli davrdan so‘ng har oyda / agar biznesda mavsumiylik mavjud bo‘lsa individual belgilanadi / jalb qilingan mablag‘lar shartlariga asosan;

Foiz to‘lovi - har oyda yoki jalb qilingan mablag‘lar shartlariga asosan.

Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar

1.     Moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisobot (2-son shakl) ijobiy bo‘lishi;

2.     O‘z mablag‘lari mavjudligi ko‘rsatkichlari ijobiy bo‘lishi;

3.     Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lmasligi;

4.     Majburiyat bajarilishi ta'minoti sifatida qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan kafillik shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;

5.     O‘zaro aloqador korxonalarining muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;

6.     Muddati o‘tgan va kartoteka-2 qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;

7.     KATM ma'lumotnomasiga asosan barcha tijorat banklari oldida “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan kreditlari mavjud bo‘lmasligi;

8.     Loyiha tashabbuskorining loyihadagi ulushi 30%idan kam bo‘lmasligi hamda loyiha yuzasidan taqdim etilgan texnik iqtisodiy asosnomada mazkur mablag‘larni shakllantirish manbaasi ko‘rsatilish kerak. Shuningdek, menedjer tomonidan loyiha yuzasidan tayyorlangan xulosada mazkur mablag‘lar manbaasi haqqoniyligi tahlil qilinib, tasdiqlanishi lozim;

9.     Tashabbuskor tomonidan taqdim etilgan import shartnomalari bank kredit siyosati talablariga asosan moliyalashtiriladi;

10.   Asosiy hisob varag‘i mavjud bo‘lishi lozim. Ayrim hollarda, salohiyatli mijozlarni moliyaviy holati va kredit tarixini inobatga olib, ikkilamchi hisobvaraq ochgan mijozlarga kredit ajratish mumkin.

Mahsulot bo‘yicha ta'minot:

Kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda likvidli ta'minot (Aloqador shaxslar uchun 130%);

Mulkiy garov:

Kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda;

Qabul qilinadigan mulkiy garov turlari va ushbu garov bo‘yicha qo‘yiladigan shartlar: 

Bankning ichki me'yoriy hujjatlarida belgilangan talablariga javob beradigan ko‘chmas mulklar;

 

Avtotransport vositalari va maxsus texnikalar – ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan;

 

Uskunalar – ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan;

 

Kredit mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan asosiy vositalar, asbob-uskunalar va maxsus texnikalar;

Dastlabki mulkiy garov:

Kredit summasining 65%dan kam bo‘lmagan miqdorida;

Bunda, kredit ta'minoti uchun taqdim etiladigan mulkiy garovning qolgan qismi, ya'ni kredit summasining qolgan 60%dan kam bo‘lmagan garov ob'ekti kredit hisobiga sotib olinadigan asosiy vositalar mijoz nomiga rasmiylashtirilib, kredit ta'minoti sifatida garovga taqdim etiladi;

Nomulkiy ta'minot:

Yuridik shaxslar kafilligi va/yoki kredit qaytarilmaslik xatari sug‘urta polisi va/yoki Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kafilligi va/yoki boshqa turdagi ta'minotlar;

Tadbirkorlik sub'ektlariga kredit ajratilishida qo‘shimcha kredit ta'minoti sifatida tadbirkorlik sub'ektlarining ulushi 50%dan kam bo‘lmagan ta'sischilari (jismoniy shaxs/yuridik shaxs) kafilligi olinishi lozim. (Xususiy korxona, fermer va dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno)

Kafil tadbirkorlik sub'ektiga qo‘yiladigan talablar (qo‘shimcha kredit ta'minoti sifatida, ya'ni ta'minot 125%ga yetarli bo‘lgan holatda qo‘shimcha ravishda kafilliklar olingan holatlar bundan mustasno)

Kafil korxona faoliyati:

Davlat ro‘yxatidan o‘tgan muddati 1 yildan kam bo‘lmagan;

Kafillik summasi:

Kafil korxona sof aktivlari miqdorining 1,5 barobaridan oshmagan miqdorda.




Oxirgi yangilanish sanasi: 17.06.2021 17:49

PSB Mobile Business

PSB Mobile Business yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlik vakillari uchun bankning mobil ilovasi. Biznesni boshqarish uchun zarur bo‘lgan barchasi bir joyda