Mahsulotning maqsadi |
Debitorlik qarzdorligini sotib olish uchun | ||
Valyuta | Milliy valyuta (So‘m) Xorijiy valyuta (AQSh dollari, Yevro, Rubl) | ||
Moliyalashtirish manbai | Xorijiy moliya institutlari va boshqa manbalar mablag‘lari hisobidan | ||
Mahsulotni taqdim etish shakli | Regress huquqli (to‘lovchi (debitor) tomonidan shartnomada belgilangan muddatda to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda, to‘lov summasini mijoz (kreditor)dan talab qilib olish huquqi) | ||
Miqdori | Shartnoma summasining 85% miqdoridan oshmagan miqdorda/ Eksportchi korxonalar uchun xalqaro faktoring xizmati eksport shartnomasi summasining 50%dan oshmagan miqdorda; | ||
Kredit muddati | Milliy faktoring – 180 kun Xalqaro faktoring – 120 kun | ||
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimidagi hisobvarag‘i | Asosiy hisobvarag‘i | ||
Mijoz (segment) | Mikro, kichik va o‘rta biznes | ||
Sub-segment |
Yuridik shaxs maqomiga ega tadbirkorlik sub'ektlari | ||
Yuridik shaxs faoliyati | Davlat ro‘yxatidan o‘tganiga 12 oydan kam bo‘lmagan | ||
Diskont stavkasi | “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ajratiladigan kreditlar, faktoring va lizing amaliyotlari bo‘yicha foiz stavkalari”ga muvofiq | ||
Mahsulotni taqdim etish shakli | Mahsulot yetkazib beruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchining (kreditor) hisobvarag‘iga o‘tkazish orqali | ||
Faktoring ta'minoti | 1. Milliy faktoring operatsiyalarida - to‘lov talabnomasi; 2. Xalqaro faktoring operatsiyalari – importyor bank tomonidan chaqirib olinmaydigan akkreditiv yoki bank kafolati; |
1. Ariza;
2. Mijozning ta'sis hujjatlari (ta'sis shartnomasi, nizom va v.b. o‘zgarishlari bilan birga);
3. Mijoz nomidan shartnomalarni imzolash vakolatiga ega shaxsning pasport nusxasi, buyrug‘idan ko‘chirma;
4. Qabul qilingan buxgalteriya standartlariga muvofiq tayyorlangan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari yoyilmasi;
5. Boshqa banklardagi hisobraqamlariga oxirgi 1 yildagi tushumlari to‘g‘risidagi ma'lumot (agar mavjud bo‘lsa);
6. Tovar-mahsulot yetkazish (xizmat ko‘rsatish) bo‘yicha oldi-sotdi va boshqa shartnomalarning nusxalari;
7. Tovar-mahsulotlar yetkazib berilganligini (xizmat ko‘rsatilganligini) tasdiqlovchi hujjatlar – qabul qilish topshirish, tovar-transport yuk xatlari, ishonchnomalarning ko‘chirma nusxalari, bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomalari va boshqalar.
1. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisobot (2-son shakl) ijobiy bo‘lishi;
2. O‘z mablag‘lari mavjudligi ko‘rsatkichlari ijobiy bo‘lishi;
3. Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi;
4. Muddati o‘tgan va kartoteka-2 qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
5. Yetqazib berilgan tovar/mahsulotlar, bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar akseptlangan va to‘lov to‘lanmagan bo‘lishi, shuningdek debitorni muddati o‘tgan kreditorlik qarzining mavjud bo‘lmasligi lozim;
6. “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda faktoring operatsiyalarini amalga oshirish Tartibi”da qayd etilgan boshqa talablar.
1. To‘lovchining ta'sis hujjatlari (ta'sis shartnomasi, nizom va v.b. o‘zgarishlari bilan birga);
2. To‘lovchi nomidan shartnomalarni imzolash vakolatiga ega shaxsning pasport nusxasi, buyrug‘idan ko‘chirma;
3. Qabul qilingan buxgalteriya standartlariga muvofiq tayyorlangan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari yoyilmasi;
4. Boshqa banklarda ochilgan barcha hisobraqamlarining oxirgi 1 yildagi tushumlari to‘g‘risidagi ma'lumot (agar mavjud bo‘lsa);
Xalqaro faktoring xizmati ko‘rsatilishida yetkazib beruvchi (eksportchi)ning tegishli xorijiy hamkori (importyor) bilan imzolagan shartnomalari tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot (EEISVO) tizimiga kiritilgan bo‘lishi lozim;
Bank boshqaruvining 2021 yil 24 iyundagi 77/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda faktoring operatsiyalarini amalga oshirish Tartibi” talablariga asosan rasmiylashtiriladi.